So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  8 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  15 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Gigantlar “jangi” yoxud Sarkisyan, Babayan, Davlatov, Abramov va Nikimbaev... Yangiliklar

Gigantlar “jangi” yoxud Sarkisyan, Babayan, Davlatov, Abramov va Nikimbaev...

Bugungi kunda Superligamiz sifati tushib ketganiga eng asosiy sabab nimada deb bilasiz? SHaxsan men malakali mutaxassislar yo'qligida deb bilaman!

90-yillarda bizda millionlar bo'lgan deb o'ylaysizmi, kerak paytda terma jamoaning xorij yig'inlariga mablag' topilmasdi. Bolalar klublarining soni bugungidek ko'p emasdi. Lekin qandaydir baraka bo'lgan. Raqobat kuchli edi. 2000 yillarga kelib Qozog'istonga yoppasiga o'tish boshlandi. Aksar klublarda asosan o'zbekistonliklar to'p tepdilar. Bugungi sharoit bilan solishtirganda avvalgi futbolimizdagi mablag' ancha past edi, lekin o'yinlar jozibasi bugungi kun futbolidan ancha chiroyli va ustun edi. Garchand Livanda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida sharmanda bo'lgan bo'lsak-da, oliy ligamizda stadionlar to'lib toshardi. “Nurafshon” (hozirgi “Buxoro”), “Dinamo”, “Neftchi”, “Navbahor” kabi jamoalar maydonida bo'lib o'tadigan o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rilardi. Kasodga uchragan “Traktor” bilan talabalik yillarimni bog'layman.


Nima uchun shunday edi deysizmi, sababi klublarda nafaqat o'z manfaati, balki o'zbek futboli manfaatini ustun qo'yadigan mutaxassislar ishlardi. Bugun oliy ligada faqat murabbiylar “jangi”ni ko'ryapmiz. Lekin, klub tizimini shakllantiradigan mutaxassislar o'rtasida hech qanday “olishuv” yo'q. Agar menga ko'rinmayotgan bo'lsa, uzr!

Demak, maqolamni boshlayman... 90-yillarga ko'p ham to'xtalmayman. U davrda men yoshgina muxlis edim. 2000 yillardan keyingi voqealarni esa ichidan ko'rdim...


2001 yil “Neftchi” o'z tarixida so'nggi chempionlikni qo'lga kiritdi. YURIY SARKISYANning o'zbek futboliga qo'shgan hissasini hech kim inkor eta olmaydi. U “eskilar”dan edi. 90-yillarda ham farg'onaliklarni bir necha marta chempionlik poygasida birinchi bo'lib kelishiga sabab bo'lgan. Yuriy Vazgenovich o'zbek futboliga kimlarni berdi. Lebedev, aka-uka Bozorovlar, Fyodorov, Davletov, Atoyan... Keyinchalik Umid Isoqov, Akmal Xolmatov, Islom To'xtaxo'jaev, Nodir Qo'ziboev, Iqbol Akramov va Mansur Saidov kabi futbolchilarni bugun ham eslaymiz. Aynan shu avlod “Paxtakor” va “Quruvchi”ga “boy” berdi, 2007-2010 yillarda.


Yuriy Sarkisyan o'zbek futbolining eng etakchi va salohiyati kuchli kishilardan biri edi. Bu paytda O'FF rahbari sifatida O'zbekistonda o'z o'rniga ega ZOKIRJON ALMATOV rahbarlik qilardi.


2002 yilga kelib o'zbek futbolida katta o'zgarish qilindi. Yani, Livandagi omadsizlikdan so'ng terma jamoa manfaati yo'lida “Paxtakor” Respublikadagi eng istedodli futbolchilar bilan boyitildi. Sal shoshmay turamiz, yani zo'rlab olingan degan gaplardan. Etibor qiling, yaqin-yaqingacha ham terma jamoamizda etakchi bo'lgan futbolchilar o'sha siyosat mahsuli. Demak, bu keyinchalik terma jamoamizga naf berdi. Osiyo Kubogi 2007da yomon qatnashmadik. Hakamlarning aybi bilangina Inileev jamoasi mag'lubiyatga uchradi. 2011 voqeasini hali-beri unutmaymiz, adrenalin.

Qisqasi, shu yillarda futbolda yangi nomlar chiqa boshladi, bular Abramov, Babayan va Nikimbaev. O'z paytida futbol o'ynab, keyin soya ostida qolib kelayotgan mutaxassislar Boboev va Davlatov ko'rina boshladi. BAXTIYOR BOBOEV 1996 yilda “Navbahor”ning chempionlikka erishishida katta hissa qo'shgan mutaxassis. 1995 yilgi mavsum yakunlangach “Navbahor” qo'shnilarni kuchsizlantirish orqali kuchayishni maqsad qiladi. Baxtiyor Boboev Atoyan, Fyodorov va Lebedevga chiqish qiladi. Ulardan ikki nafari “ha”degan javobni beradi. Ammo so'nggi pallada Lebedev va Atoyan “Neftchi”da qolishni malum qiladi, Mamotov esa Namanganga ko'chib o'tib bo'lgan. Fyodorov va “Navbahor” o'rtasida ish pishmaydi, ammo baribir “Navbahor” foydasiga o'zgarish bo'ldi. Andrey Fyodorov o'sha yili diskvalifikaciyaga uchraydi va mavsumni o'tkazib yuboradi. Boboev tomonidan o'ylangan barcha ish samarasini bergan va “Navbahor” o'z tarixidagi ilk chempionlikka erishgandi. SHundan keyin Boboev nomi biroz esdan chiqdi, yani xalq ichida.

Sarkisyanning yana bir kuchli tomoni, u o'z atrofiga kuchli mutaxassislarni yig'a olgani edi, bular NOSIROV va XUDOYDOTOV kabi o'z sohasining ustalari. Aynan ularning yordamida u ko'plab ishlarni hal qilardi.


“Paxtakor” katta sahnaga kirib keldi. Aka-uka RAHIMOVLAR klubni SAMVEL BABAYANGA ishondilar. O'z navbatida u eng istedodli futbolchilarni yig'ish bilan birga atrofiga mutaxassislarni ham jalb etdi. Bu borada unga VIKTOR JALILOV va RAVSHAN HAYDAROV dastlabki yordamni berdilar. Undan tashqari xorijlik mutaxassislarning kelishi klub ish sifatini oshirdi. Ayniqsa TACHMUROD AGAMURODOV o'zbek futboli taktikasini tubdan o'zgartirib yubordi. “Milan” klubida malaka oshirib qaytgan turkmanistonlik mutaxassis 4-4-2 taktikasini yurtimizga olib kirdi. Bu mutaxassislar qo'l ostida istedodli futbolchilar yulduz darajasiga ko'tarildilar. Soliev, Koshelev, Tojiev, Magdeev, Ashurmatov, Aliqulov, Nesterov, Inomov, Suyunov... Nepomnyashiy esa bizga Ahmedovni taqdim etib ketdi. Bu orada Qarshi tomonda NORQUL DAMINOV va uning jamoasi Bahrom Hakimov boshchiligida “Nasaf”da qayta qurilish davrini o'tkazayotgan edi. Ro'ziqul Berdiev, Bahodir Annamatov, Pyotr Gezimchuk, Vali Keldiev kabi “legendalar” to'p tepayotgan klub “Paxtakor” va “Neftchi” uchun haqiqiy boshog'riq edi. IGOR VOLCHOK va RAHIM QURBONMAMEDOV boshqaruvidagi “Navbahor” ko'rsatadigan o'yinlarda sifat bor edi. SHu yillar davomida namanganliklar ketma-ket ikki marta bronza medallarni qo'lga kiritgan edilar. SHuhrat Mirxoldirshoevdaka futbolchi hali-beri chiqmasa kerak!



2005 yil “Mashal” alanga oldi! Bu “Quruvchi” jamoasining paydo bo'lishi oldidan qilingan repeticiya edi. O'qishga ketar ekanman, odatdagidek gazete do'koniga mo'raladim, u erda “O'zbekiston futboli” gazetasining bosh sahifasi reklama bo'lib turardi. “Mirjalol Qosimov “Mashal”da... Qanday qilib, “Mashal”da? Hech kim bunga ishonmasdi. Haqiqatan ham muborakliklar kichik shaharchaga o'zbek Maradonasini olib kelgandi. SHu erda yana bir anglashilmovchilikka oydinlik kiritib o'tsam. 2004 yildagi “Navbahor”ni yoppasiga Muborakka ko'chib o'tishida ko'pchilik Viktor Jalilovni aybdor deb biladi. Aslida unday emas. 2004 yil so'nggiga kelib “Navbahor”da moliyaviy qiyinchiliklar paydo bo'la boshlaydi. Bundan yana katta sahnaga qaytgan Bahrom Davlatov unumli foydalanadi. Mirjalol Qosimovning kelishi klubda pul bilan muammo bo'lmasligidan dalolat edi. “Paxtakor”, “Neftchi”, “Nasaf”da pul bor. Demak, “Mashal”ni kuchaytirish uchun eng yaxshi variant bu “Navbahor”dan futbolchilarni tashish. Davlatov sekin asta futbolchilarni “Mashal”ga ko'chirdi. Undan keyin Baxtiyor Boboevga ish taklif qildi. Endigi navbat bu futbolchilar uchun yaxshi saviyadagi murabbiyga qolgan edi. Boboev ikkilanib o'tirmay, bularning barchasini yaxshi biladigan Viktor Jalilovni Davlatovga taklif qildi. O'sha paytdagi Qashqadaryo viloyati hokimi Nuriddin Zayniev ham bu taklifni maqulladi.

Keling, endi qisqacha mana shu trio haqida so'z yuritsak. Nuriddin Zayniev deganda bugun ham Qashqadaryo futboli ko'z oldimizga keladi. Bugun vohaning qaysi nuqtasiga bormang, zamonaviy stadion qad rostlagan va ularning har birida akademiya uchun sharoit taxt qilingan. Bundan birinchilardan bo'lib Bahrom Davlatov unumli foydalandi. Yangier futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan mutaxassis Muborakka respublikadagi eng istedodli futbolchilarni jalb qila boshladi. Bu borada uning asosiy raqobatchisi “Paxtakor”da Samvel Babayan edi. Birgina yaxshi futbolchi uchun “Paxtakor” va “Mashal” selekcionerlari “jang” qila boshladi. Iskanderov, Masharipov, SHomurodov va SHukurov kabi futbolchilar aynan shu kurash mahsuli ekanini bugun ko'pchilik bilmaydi. Undan avval esa Muborak bizga Lutfullo To'raev, Eldor Suyunov, SHuhrat Muhammadiev kabi futbolchilarni taqdim etgandi. Davlatov hammasi uchun o'zim bo'lay demadi. U kishini hamma har xil eslaydi, lekin klubdagi har bir nuqtaga kuchli mutaxassislarni qo'yib ular bilan bamaslahat ish qilganini tan olishimiz kerak. 2005 yil “Mashal” Qashqadaryo viloyatiga oliy ligadagi ilk kumushni taqdim etdi.

Aynan shu davrga kelib odamlar VADIM ABRAMOV degan nomni ko'p bora tilga ola boshladilar. Buzuq, eski avtobusda o'yinlarga borib yuradigan “Traktor”ning deyarli hech vaqosi yo'q edi. Tarkibidagi futbolchilari “qariya” va hech kimga kerak bo'lmay qolgan yoshlardan iborat bo'lardi. 2004 yil mana shunday tarkib bilan “Traktor” juda katta muvaffaqiyatga erishadi. Jamoa O'zbekiston kubogi finaliga qadar etib boradi. “Paxtakor” markaziy stadionida bo'lib o'tgan o'yinda “sherlar” 3:2 hisobida g'alabaga erishgan bo'lsa, “Traktor” o'yin borasida mag'lubiyatga uchramagandik. Bu BABAYAN va ABRAMOV o'rtasidagi eng birinchi “JANG”lardan biri edi. Hozir Sizlarga taqdim etadigan bir qiziq statistik malumotni bugungi kundagi manaman degan murabbiy ham amalga oshira olmasa kerak.


2004 yil “Traktor” safida maydonga tushgan futbolchilarning yoshiga etibor qaratamiz. Davron Valijonov (16 yosh), Vadim Afonin va Karlen Abramov (17 yosh), Muzaffar Umrzoqov va Aziz Ibragimov (18 yosh). Garchand bu futbolchilar mavsumda asosiy figura bo'lmagan bo'lsa-da, keyinchalik o'z o'yinlarini topib ketdilar va ularga imkon bergan mutaxassis Abramov edi. Vadim Afonin va Aziz Ibragimov “Traktor”dan chiqqanini bugungi maqola orqali yosh avlod bilib olgan bo'lsa ajab emas. 2005 yil “Traktor” oliy ligada 4-o'rinni qo'lga kiritadi. O'shanda jamoa safida 17-18 yoshda bo'lgan 11 nafar futbolchi maydonga tushgandi. Abramovni yoshlar bilan ishlashga bo'lgan mahorati O'FF tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va u olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanadi.


Bu orada faoliyatini “0”dan futbolda boshlagan mutaxassis ALISHER NIKIMBAEV katta sahnaga kirib kelayotgandi. Keyinchalik OFKda katta lavozimda faoliyat olib borgan mutaxassis terma jamoalar boshqarmasi boshlig'i etib tayinlandi. Nikimbaev etiborni ko'proq futbol ichidagi tizimga qaratdi va u boshqa klublar tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Natijada oliy liga yangi davrga chiqadi. Qolaversa, terma jamoaga bo'lgan munosabat ham o'zgaradi.  10 yillik boshqaruvdan keyin Zokirjon Almatov o'z o'rnini senator MIRABROR USMONOVga topshiradi. 2006 yil O'zbekiston futbol federaciyasi yangi rahbar qo'l ostiga o'tdi. Bu davrda Alisher Nikimbaev OFK Prezidenti janob Bin Hammam nazariga tushadi. Aynan shu odam tufayli Osiyo futboli o'zgaradi.

Mirabror Usmonov “Zarafshon” kinozalida yig'ilish o'tkazadi. Asosiy maqsad, O'FFning keyingi rejasiga qisqacha izoh berish edi. Men ishtirok etgan ilk yuqori tadbir shu edi. “Biz avvalo futbol strukturasini rivojlantirishimiz kerak. Hududlardagi stadionlarni tamirlashimiz, yangilarini bunyod etishimiz va eng muhimi klublarga pul topib berishimiz kerak”. Aynan shu gaplar Mirabror Zufarovich tomonidan yangraydi va bu gap keyingi yillardan boshlab o'z isbotini topa boshlaydi. Qator qarorlar ketidan hududlardagi stadionlar rekonstrukciya qilindi. “Nasaf” va “Paxtakor” stadionlari yangi qiyofaga kirdi. Farg'ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Navoiy, Olmaliq, Bekobod, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryodagi futbol infrastrukturasi o'zgardi. Natijada futbol sifati oshdi va O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 6 yillik tanaffusdan so'ng yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga qaytdi. Undan keyin 1993/1994/1995/1996 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

“Roma”, “MYU”, “Real”, “Barselona”, “Yuventus” kabi klublarda prezident saylovlari keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otadi. Sababi klub tepasiga keladigan “kalla”ning kim bo'lishi o'ta muhim. Aynan shu odam klubning keyingi faoliyatini belgilaydi. “Sevilya”ning sobiq sport direktori Ramon Rodriges Verdexo “Roma”da faoliyat olib boryapti. U dunyoning birinchi raqamli ishbilarmon rahbarlaridan biri hisoblanadi. Aynan uning karomati bilan “Sevilya” top klub safiga chiqdi. “Roma” esa u bilan “A Seriya”ni yutmoqchi. Bizda esa klub rahbarlari, yani hokimliklar bunga etibor bermaydilar. SHuning uchun ham klub homiylari tomonidan futbol klublarimiz tepasiga futboldan yiroq bo'lgan mutaxassislarning kelishi so'nggi paytlarda ko'payib ketdi. Ayb sizlarda emas, kim ham berilgan yaxshi ishdan voz kecha oladi, bundaylar kam. Lekin muammo shundaki, futbolimizga kelayotgan aksar mutaxassislar o'zlarini “dono” bilishlarida. Jamoat bilan o'rtoqlashmasliklarida. SHuning uchun ham klublarning saviyasi tushib ketdi. Bu esa umumiy futbolimizga tasir qilmay qolmadi. Mavzudan chetlashmayman...

2006 yil keyinchalik o'zbek futbolini ostin-ustun qilib yuboradigan loyihaga poydevor qo'yilgan edi. Babayan va uning komandasi Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Farhod Tojiev, Sadriddin Abdullaev, Aleksandr Kleckov kabi futbolchilarni katta sahnaga chiqarayotgan bir payt  O'zbekiston chempionatining 1-ligasi yakuniga etib borayotgandi. “To'qimachilar” stadionida bo'lib o'tgan so'nggi turda Hikmat Ergashev boshchiligidagi “Quruvchi” Buxoroning “Vobkent” jamoasi bilan bahs olib boradi. Mazkur o'yindan avval ikki jamoa ham muddatidan avval oliy liga yo'llanmasini hal qilib bo'lgandi. Oradan bir yil o'tib “Vobkent” yana oliy ligani tark etgan bo'lsa, “Quruvchi” OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritgan. “Bunyodkor” “era”si boshlanayotgandi, bu haqda maqolaning davomida o'qiysiz...

Fotosuratlar bilan maqolamni davom ettirishni maqul ko'rdim.

SHavkat Miromonovich 2006 yil "Paxtakor" jamoasini 50 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda Axror Inoyatovga esdalik sovg'asini taqdim etgan lahza

2004 yilgi mavsumning ochilish marosimi. O'FFning o'sha paytdagi Prezidenti Zokirjon Almatov va Asqar Tolibjonov.

Yuriy Sarkisyan hamkasblarimiz bilan. 

Zaxirada o'tirgan Odil Ahmedov shu surat olinganidan keyin ko'p o'tmay Valeriy Nepomnyashiy tomonidan kashf qilinadi.


O'sha yillari futbol shu darajada kuchli edi-ki, OAVdagi eng kuchli hamkasblarimiz biron o'yinni qoldirib yubormas edilar.

2004 yil. Matbuotga bo'lgan qiziqishim aynan shu yillardan boshlangan edi. O'zMUning 1-kurs talabasiman.

Vadim Abramov "haydagan" "Traktor" O'zbekiston Kubogining finaliga etib kelgan edi. Lekin "Mersedesi" bor "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchratish oson emasdi.

"Quruvchi" degan jamoaga 2006 yil hech kim ahamiyat bermadi...

Futbolda Rahimovlar davri bo'ldi. Aka uka Rahimovlar tomonidan o'zbek futboliga qilingan ishlarni sanab bo'lmaydi. 

Bugungi kunda O'zbekistonni eng yaxshi murabbiylaridan biri sifatida etirof etiladigan Ro'ziqul Berdiev 2000 yillarda "Nasaf" sardori sifatida faoliyat olib bordi. U paytdagi futbol bari-bir boshqacha edi. Haqiqiy kurash, totalizator yo'q, 3/3 yo'q. Hammasi tabiiy edi.

Usmon Toshevni garchand maqolada qayd etmagan bo'lsamda, fotosuratda bor. "Buxoro" bosh murabbiyi sifatida u juda katta ishlarni amalga oshirgan edi. Bugungi Toshev bilan, 20 asrdagi Toshev o'rtasidagi farq katta. Magdevv, Salomov, Hasanov kabi futbolchilarni kashf qilgan edi.

Toshev qatorida Norqul Daminovni ham etirof etamiz. Bahrom Hakimov bilan Qarshida kuchli jamoa shakillantirgan davr.


Bugungi o'zbek futboliga etishmayotgan "Mashal" akademiyasiga poydevor qo'ygan shaxs - Bahrom Davlatov! Barchasi tabiiy va samimiy edi.


Telegram - Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +123   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика