So’nggi yangiliklar

23:43Виталий Левченко: "Бабаян? Шартномам ноябрда якунига етади"  0 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  1 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   34 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  9 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0

Geynrix: "Terma jamoaga yordam berishga doimo tayyorman" Yangiliklar

Geynrix: "Terma jamoaga yordam berishga doimo tayyorman"

O'zbekiston milliy terma jamosi hujumchisi Aleksndr Geynrix KXDRga qarshi o'yinda o'z goli bilan milliy terma jamoaning g'alabasiga hissa qo'shganidan xursand ekanini va navbatdagi o'yinlarda ham terma jamoaga yordam berishga tayyor ekanini aytdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda Toshkentda Yaman terma jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirayotgani haqida xabar bergan edik. Bahraynga qarshi o'yinda jarohati tufayli milliy terma jamoaga yordam bera olmagan Aleksandr Geynrix safga qaytdi va KXDRga qarshi uchrashuvda o'z goli bilan milliy terma jamoaning g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Etiborlisi, bu istedodli hujumchining milliy terma jamoa safidagi 30-goli bo'ldi va u milliy terma jamoadagi gollari soni bo'yicha Mirjalol Qosimovga etib oldi.

Yamanga qarshi o'yinga jo'nab ketish oldidan Aleksandr Geynrix intervyu berdi va terma jamoaga doimo yordam berishga tayyor ekanini takidladi.

“Terma jamoadagi gollarim soni, shaxsiy natijalarimdan terma jamoa g'alabasi muhimroq”, - deydi Aleksandr Geynrix. “Ikkita o'yinda zaxiradan maydonga tushib gol urganim va  g'alaba uchun o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. Hujumchining vazifasi gol urish va men o'z vazifamni bajardim holos. Milliy terma jamoa uchun yordam berishga doimo tayyorman”.

“Terma jamoa safida gol urish juda zavqli. Muxlislarga to'la stadionda, ayniqsa o'z uyingdagi uchrashuvda gol urish esa yanada maroqliroq. Gol urgan vaziyatdan keyingi holatimni so'z bilan ifoda eta olmayman. Barchasi shunday bo'lganidan va g'alaba qozonganimizdan xursandman”, - deydi milliy terma jamoa hujumchisi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining Yamanga qarshi o'yini 17 noyabr kuni, 20:30 boshlanadi. O'yin Qatar poytaxti Dohada bo'lib o'tadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Dohaga charter reys bilan etib bordi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика