So’nggi yangiliklar

14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  0 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  2 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  8 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  19 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  6 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  5 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5

Geynrix tanqidchilar etiborini qozonmoqda Yangiliklar

Geynrix tanqidchilar etiborini qozonmoqda

Qozog'iston premer-ligasida ko'pchilikning etibori so'zsiz CHimkentning Ordabasi klubiga qaratilgan desak mubolag'a bo'lmasa kerak.
Nima deganda bu jamoa Toshkentga eng yaqin shahar vakili bo'lib, u erda terma jamoamiz azosi Aleksandr Geynrix to'p suradi.

Sashani aslida mazkur klubga O'zbekistonda “Mashal” va “Nasaf”da faoliyat olib borgan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov taklif qilgandi. Boshida bir yillik shartnoma tuzildi va keyinroq yana cho'zildi. Kumikov o'tgan yil komandadan ketdi va o'rniga bir vaqtlar Qozog'iston terma jamoasini boshqargan Baxtiyor Bayseitov keldi.

Joriy mavsum ikkinchi davra boshida Ordabasi juda qiyin vaziyatga tushib qoldi. Natijada bosh murabbiy Baxtiyor Bayseitovning istefoga chiqishini muxlislar talab qilishni boshlashdi. Janob Bayseitov stadionda "fanatlar" bilan uchrashishga majbur bo'ldi. Klub rahbarlari mushkul vaziyatda bosh murabbiyni emas, balki uning yordamchilari Muhsin Muhammadiev va boshqa mutaxassislarga chiqish eshiklarini ko'rsatishdi. Ular Ordabasining ikkinchi tarkibiga jo'natildi.

Muxlislar Baxtiyor akadan "Aleksandr Geynrixni nima uchun jamoada ushlab turibsiz?" deb so'rashganida, Bayseitov "U O'zbekiston terma jamoasining azosi" - deya javob bergandi. Vaqt o'tdi va Sasha mana so'nggi 5 uchrashuvda raqiblar darvozasini 7 marta ishg'ol qildi. U Oqjetpes darvozasiga juda chiroyli tarzda to'p kiritib, jamoasining 3-o'ringa ko'tarilib olishiga sababchi bo'ldi. Agar Ordabasi shu tarzda g'alaba qozonishda davom etsa, Astana va Qayratdan so'ng 3-o'rinni egallab Evropa ligasiga yo'llanma oladi. Astana va Qayratning tarkibini alohida takidlashning hojati yo'qdir. Ularda kuchli futbolchilar etarli va pul ham...

To'lqin Bakirxo'jaev.
Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика