So’nggi yangiliklar

17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  0 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  1 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  0 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  7 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  3 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  36 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2

Geynrix! SHunchaki u haqda o'qishni istaganlarga real voqea... Yangiliklar

Geynrix! SHunchaki u haqda o'qishni istaganlarga real voqea...

Bir kuni Geynrixdan so'radim, nima uchun har safar shartnomangiz yakuniga etganidan keyin yana qaytib "Paxtakor"ga kelasiz va klub Sizni sotadi. Sizda ko'tarma pulini ko'proq olish imkoniyati ham bor-ku?

"Bilasanmi, pul bu shunchaki yaxshi yashash uchun kerak bo'lgan oddiy narsa xolos. Puldan-da muhimi bor. "Paxtakor" men uchun qilganini, men ozgina pul bilan qaytarsam, qaytaribmanda". O'sha yillari "Paxtakor" o'z futbolchilarini shunday tarbiyalar edi-ki, pul ikkinchi o'rinda turardi ular uchun. O'z paytida Ilhom Suyunov millionlar evaziga "Bunyodkor"ga o'tmagandi. Kechagidek yodimda, Ahmedov uchun juda katta mablag' berishga tayyor edi "qaldirg'ochlar".

Geynrix degan nomni ilk marotaba 2001 yil Toshkentda bo'lib o'tgar Osiyo chempionati saralashida eshitgan edim. O'shanda JAR stadionida bo'lib o'tgan o'yinlarda Sasha bir necha bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgandi. Geynrix 13 yoshida Angrendan Olimpiya zaxiralari kollejiga keladi. U nafaqat yaxshi futbolchi, balki futbol bo'limidagilarning barining yoqimtoyi edi. 2002 yil Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida u haqda hamma gapira boshladi. Ayniqsa Qatarga qarshi guruhdagi so'nggi o'yinda biz uchun g'alaba juda muhim edi. 5:4 hisobida bizning foydamizga hal bo'lgan o'yinda so'nggi golni urgan hujumchimiz, futbolkasi ichidagi "Nas ne dogonish" yozuvini barchaga ko'z-ko'z qilgan edi.

Aleksandr Geynrix BAAda bo'lib o'tgan JCHda Mali terma jamoasi Musa Bagoyokoga qarshi 

Suriyaga qarshi chorak final o'yinidan so'ng O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk marotaba jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Jahon chempionatida O'zbekiston "o'lim" guruhidan joy oldi. Argentina, Ispaniya va Mali. Argentina terma jamoasiga qarshi kechgan o'yinning boshidayoq Geynrix jarima zarbasidan gol urib hisobni ochgan edi. JCH uchun yangi bo'lgan terma jamoani sindirib tashlash hakamlar uchun ish emas edi. O'sha Nesterov davrozasiga gol urgan Inestaning Ispaniyasi bilan ham tengma-teng o'ynagan edik. Afsuski JCHdagi dastlabki urinishimiz yaxshi chiqmadi. Lekin butun O'zbekiston Nesterov, Geynrix, Krushelnickiy, Bikmaev, Inomov, Suyunov, Zeytullaev va Hasanov degan nomlarni yaxshi tanib oldi.

SHundan keyin qahramonimizning yulduzli onlari boshlandi. "Paxtakor" safida ketma-ket chempionliklar. Uning o'yini boshqalardan juda farq qilardi. Noodatiy harakatlar himoyachilar uchun haqiqiy bosh og'riq edi. 2003 Moskvaning CSKAsi hujumchimizni olib ketdi. Bu xato transfer edi. U paytlar "Paxtakor" menedjementi ham hali yosh, taklifdan boshlari osmonga etgan. Kichik tanaffusdan keyin Aleks yana jona-jon jamoasiga qaytdi. Yarim mavsum o'tib unga "Torpedo" ko'z tikdi. Garchand, barcha o'yinlarda asosiy tarkibda tushgan bo'lsada, gol urish unga nasib etmadi va u qaror qildi, bundan keyin - "Paxtakor"!

Keyingi to'rt mavsum sherlar safida harakat qilib, 73ta uchrashuvda 39ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi paytlarda u hujum ortida o'ynay boshladi. Boshqa-boshqa poziciyada bo'lsa-da, Ahmedov - Geynrix juftligi "Paxtakor"ni juda "qo'rqinchli" ko'rinish olishiga sabab bo'lardi. O'sha davrdagi Geynrix, "Bunyodkor" uchun o'ynagan Rivaldodan ko'ra qadrliroq edi poytaxt uchun. G'urur va nomus uchun o'ynardi, Geynrix! Balki bu Siz uchun bo'rtirilgan bo'lib ko'rinar, lekin Aleksandr Geynrixni tanasida kechirgan kechinmalari haqida ko'pchilik bilmaydi va u shunda ham maydonga tushib jonini berardi.


Suriya terma jamoasiga qarshi kechgan o'yindagi selfini eslab o'tsam. Undan avvalgi o'yinda Geynrix gol urdi va men uni chaqirdim, shovqindan eshitmadi. Bu haqda mashg'ulotda unga aytganimdan keyin, keyingi o'yinda albatta selfi tushishini aytdi. O'sha kuni u ikkinchi bo'limda maydonga tushdi, gol urdi. Quvonchli lahzalar, men katta ehtimol bilan unutgan degan hayolga bordim. Bir payt meni izlab, men tomon kela boshladi. Demak yodida va telefonimni tayyorladim. Bu selfi FIFA saytida ham etirof etildi. To'g'ri, bu bir shou edi xolos.


Geynrix bilan yana bir voqeani yodga olsam. 2009 yil 27 may. 1 hafta avval "Paxtakor" safarda OCHLning 6-turida "Al Hilol"ga 2:0 hisobda engilan. Bir tur avval esa "Bunyodkor" Dammamda "Al Ittifoq"qa qarshi o'yinda yirik, 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchraydi. Ikki jamoamiz ham guruhda ikkinchi bo'ladi va 1/8 o'yinini safarda o'tkazishi kerak. "Paxtakor"ga raqib sifatida "Al Ittifoq" tushadi. CHarter reysi bilan Dammamga tashrif buyurdik. May oyining so'nggi kuni Saudiya Arabistonida futbol o'ynab bo'lmas darajada issiq edi. 1-bo'lim mezbonlarning tashabbusi ostida o'tdi. O'sha davrda Gana terma jamoasining asosiy hujumchisi bo'lgan Princ Tago mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan edi. Aksiga olib "Paxtakor"ni o'yini chiqmas, yigitlar charchab bo'lishgan edi. Ikkinchi bo'limda ikkita o'zgarish bo'ldi. Farhod o'rniga Zayniddin Tojiev, SHarofetdionov o'rniga Geynrix tushadi.

Bu o'yinni Zayniddin Tojiev shunday eslaydi.

Yutayotgan arablar ha deganda yotib olaveradi. Jonim chiqib ketadi. Bir payt bunday qarasam, arab shifokori yotib olayotgan futbolchisini oldiga kela turib, mayda yaxchalarni maydonga tashlab qo'yadi. Qolganlar kelib uni tilini tagiga solib oladi. Men ham bir donasini oldim va tilim tagiga tashladim. Vo! 45 daraja issiqda qurib qolgan tanam biram yayradi. Keyin Geynrixga aytdim, u ham shunday qildi. 5-daqiqadan keyin yana tilimiz quriydi, shunda jamoadoshlarimga, xey, ehtiyot bo'lib ag'darlaring bittasini dedim. Ish berdi, shifokor chiqib yana yaxchalardan to'kib ketdi. Bu safar biz ham ko'proq oldik. SHundan keyin tanamiz tetiklashdi va chopa boshladik...


Haqiqatdan ham ikkinchi bo'limda g'alabaga erta ishonib yuborganidan bo'lsa kerak, "Paxtakor" tashabbusni qo'lga oladi. Avvaliga Zayniddin Tojiev hisobni tenglashtiradi. O'yin tugashiga soniyalar qolganida jarima zarbasi belgilanadi. O'sha jarima zarbasi berilgan vaziyatni kechagiden yodimda. Burchak zarbasi amalga oshiriladigan nuqta va "Paxtakor" zaxira o'rindig'i o'rtasida suratga olib o'tirar edim. Bu paytda ECHL finalida "Barselona" - MYU bilan o'ynayotgan edi. Hali zamonaviy telefonlar yo'q. Mail.ru agent ishlatamiz. Xullas jarima zarbasi belgilandi. Masofa chamasi 20 metrlar. To'p oldiga Andreev keldi. Geynrix esa unga ichkariga kirish kerakligini aytdi va o'zi to'pga shunday zarba berdi, bu gol bizni 1/4 finalga olib chiqdi. Bu 2009 yilning 27 may sanasi edi. Yana bir futbol jonkuyari Gayrat esa bir kun avval Makkaga qilgan ziyoratimizda menga "Championat.uz" saytini ochish borasida taklif bilan chiqqan edi! Mana shu o'yindan keyin "Paxtakor" OCHLning kuzgi bosqichiga, men esa yangi ochiladigan saytga tayyorgarlikni boshladim.

SHu ikki futbolchi "Paxtakor"ga muhim bo'lgan gollarni urishga muvaffaq bo'lgan edi. 


SHu kuni stadionga kelgan oz sonli muxlislargina "Paxtakor" g'alabasiga ishongan edilar.


Telegramda - Nadirkhuja Yuldashev.

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика