Gevorkyanga ehtirom ko'rsatildi
12 noy 2018 01:21
Yangiliklar
Gevorkyanga ehtirom ko'rsatildi
Jamoamizning turkmanistonlik legioneri Artur Gevorkyan mana bir necha yildirki O'zbekiston chempionatidi muvaffaqiyatli to'p tepib kelmoqda.
Faoliyati davomida “SHo'rtan”, “Paxtakor”, “Nasaf” klublarida to'p tepgan iqtidorli yarim himoyachining Superliga (Oliy liga)da kiritgan gollari 100 tadan oshib ketdi. So'nggi ikki mavsumni “Qizilqum”da o'tkazayotgan futbolchi jamoamiz safida ham ko'plab chiroyli gollar kiritib, g'alabaga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.
“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvidan oldin Artur Gevorkyanga “Qizilqum” futbol klubining maxsus esdalik sovg'asi topshirildi. Jamoa bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov turkmanistonlik futbolchini tabriklab, klub safida ko'rsatayotgan o'yinlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Fikrlar