Germaniyaning "JFL" akademiyasi "JFL Tashkent" ochilish marosimiga tashrif buyuradi
05 apr 2017 11:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/247523_original.jpg)
![](/upload/storage/247523_220.jpg)
Germaniyaning "JFL" akademiyasi "JFL Tashkent" ochilish marosimiga tashrif buyuradi
O'zbekistonda Evropa metodikasi asosida faoliyat boshlagan "JFL Tashkent" jamoasining ochilish marosimiga germaniyalik mutaxassislar tashrif buyuradilar.
"JFL-Schlotheim"ning 2002 va 2003 yillarda tavallud topgan jamoasidan iborat tarbiyalanuvchilari bilan birga, akademiya direktori va 4 nafar mutaxassisi 10 kun davomida "JFL Tashkent" bolalar futbol klubida faoliyat olib boradilar.
Ayni paytda loyihaning 3-6 yosh avlod vakillari mashg'ulotlarga kirishganiga 1 oydan ko'p vaqt o'tdi. 1 aprel kuni esa 2007/08 va 2009/10 yillarda tug'ilgan bolalar o'z mashg'ulotlarini boshladilar.
Kuni kecha klub 2011 yillarda tavallud topgan yosh futbolchilar uchun qabul elon qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar