Germaniyalik taniqli murabbiy o'pka saratoniga chalindi
22 okt 2022 13:48
Yangiliklar
Germaniyalik taniqli murabbiy o'pka saratoniga chalindi
"Bayer" sobiq ustozi Kristof Daum o'pka saratoniga chalinganini elon qildi.
"Siz meni bilasiz: men jangchiman va bu qiyinchilikka optimistik ruhda va bor kuchim bilan javob beraman.
Yaxshiyamki, men ishonchli qo'llardaman va davolanish yaxshi ketmoqda", – dedi 68 yoshli Daum.
Daum o'zini Germaniyaning eng yaxshi murabbiylaridan biri sifatida ko'rsatdi. U 28 yoshida murabbiylik sohasidagi ilk qadamlarini tashladi. "Kyoln", "SHtutgart", "Bavariya", "Bayer" kabi yirik klublarda ishladi.
2000 yilda Daum kokain istemol qilganlikda ayblanib, Leverkuzendan ishdan bo'shatildi. Keyinchalik esa faoliyatini Turkiya va Belgiyada davom ettirdi. Daumning oxirgi ish joyi Ruminiya terma jamoasidagi murabbiylik kursisi edi.
Kristof murabbiylik faoliyatini yakunlagach, futbol tahlilchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Fikrlar