Germaniya termasi Ukraina bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
25 apr 2023 16:11
Yangiliklar


Germaniya termasi Ukraina bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Germaniya terma jamoasi yozda Ukraina bilan nazorat o'yini tashkil qiladi.
Bahs 12 iyun kuni Bremendagi "Vezershtadion"da bo'lib o'tadi. Bundestim uchun bu tarixdagi 1000-uchrashuv bo'ladi. Xayriya xarakteriga ega uchrashuv aniq vaqti keyinroq malum qilinadi.
Germaniya 16 iyunda Varshavada Polsha bilan, 20-sanada esa Gelzenkirxenda Kolumbiya bilan bahs yuritadi. Aytilishicha, germaniyaliklar kuzda Franciya bilan, oktyabr oyida esa AQSHga qarshi maydonga tushishi ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar