Germaniya terma jamoasining sobiq azosi faoliyatini yakunladi
31 iyu 2020 19:40
Yangiliklar
Germaniya terma jamoasining sobiq azosi faoliyatini yakunladi
"SHalke" va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Benedikt Xyovedes faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
"Vaqtni o'g'lim bilan o'tkazish menga qanchalik quvonch keltirayotganini payqadim. To'pning ortidan yugurib etarlicha mablag' jamg'ardim. Futbol men uchun manosini yo'qotdi", deydi endigina 32 yoshga qadam qo'ygan Benedikt.
Eslatib o'tamiz, Xyovedes faoliyati davomida "SHake 04" (2007-2018), "Yuventus" (2017-2018 - ijara) va Moskvaning "Lokomotiv" (2018-2020) klubida to'p tepdi. U 2011-17 yillarda Germaniya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan edi.
Fikrlar