So’nggi yangiliklar

21:44АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4

Germaniya terma jamoasining eng yaxshi murabbiylari Yangiliklar

Germaniya terma jamoasining eng yaxshi murabbiylari

Futbol bo'yicha Germaniya terma jamoasi tarixida nechta murabbiy bo'lgani, bilasizmi?

 To'qqiz! Yoaxim Lyov termaning 10-ustozi hisoblanadi. Ehtimol, bunga "bundesmanshaft"ning o'zgarmas barqarorligi sababdir. Keling, hozir shu mutaxassislar orasidan eng yaxshi beshlikni ajratib olamiz.

5-o'rin: Yurgen Klinsmann

Ishlagan muddati: 26.07.2004 – 08.07.2006. 

Natijalar: 34 g'alaba, 20 durang, 6 mag'lubiyat. 

Yutuq: 2006 yilgi jahon chempionatining bronza medali. 

Yurgen Klinsmann – ushbu ro'yxatdagi Germaniya milliy jamoasi bilan jahon yoki qita miqyosida titullarni qo'lga kiritmagan yagona mutaxassis. Ha, u terma jamoada atigi 2 yil ishladi. Uni reytingga kiritish uchun Zepp Xerberger (JCH-1954, oltin) hamda Yupp Derval (Evro-1980, oltin) singari mutaxassislar qurbon qilindi. Nima uchun? SHunchaki, XXI asr boshida nemis futbolida yuzaga kelgan inqiroz tufayli hech kim milliy jamoada ishlashni istamadi. Yurgen esa darhol ishga kirishdi va tanqidchilarning fikrlarini yo'qqa chiqargani holda Germaniyadagi mundialda nemislarga "bronza" keltirdi. Keyinchalik Yoaxim Lyov jamoasi erishgan yutuqlar ham Klinsmann boshlagan ishning bevosita natijasidir. 

4-o'rin: Berti Fogts

Ishlagan muddati: 29.08.1990 – 05.09.1998. 

Natijalar: 66 g'alaba, 24 durang, 12 mag'lubiyat. 

Yutuqlar: Evro-1996 chempioni, Evro-1992 vice-chempioni. 

Fogts, JCH-1990 chempionlarini qabul qilib oldi. To'g'ri, 8 yilda 2 ta medal "bundestim" uchun qoniqarsiz natija hisoblanishi mumkin. Ammo Fogts boshqaruvi ostida o'ynalgan matchlar soniga nisbatan g'alabalarning foizdagi ulushi qolgan mutaxassislarning natijasiga nisbatan yaxshiroq (64,7 %). Bundan tashqari, Germaniya futbolidagi chinakam inqiroz aynan Berti Fogts davridan keyin boshlandi.

3-o'rin: Franc Bekkenbauer

Ishlagan muddati: 12.09.1984 – 08.07.1990. 

Natijalar: 66 g'alaba, 34 durang, 12 mag'lubiyat. 

Natijalar: JCH-1990 chempioni, JCH-1986 vice-chempioni, Evro-1988 "bronza". 

Nemis futboli afsonasi murabbiylik licenziyasiga ega bo'lmagan va shu tufayli GFR milliy jamoasining texnik direktori sifatida ish boshlagan. Aniqrog'i, bu lavozim uning uchun maxsus ochilgandi. "Kayzer Franc" murabbiylik kurslariga borishdan bosh tortadi, chunki u erda o'zi uchun yangi hech qanday bilim ololmasligiga amin edi. Hayot keyinchalik Franc haqligini isbotladi – termani 2 bor JCH finaliga olib chiqdi va ularning birida zafar quchdi. SHundan keyin Bekkenbauer milliy jamoadan chempion sifatida ketdi.

2-o'rin: Yoaxim Lyov

Ishlagan muddati: 16.08.2006 – ... 

Natijalar: 117 g'alaba, 35 durang, 30 mag'lubiyat. 

Yutuqlar: JCH-2014 chempioni, Evro-2008 vice-chempioni, 2012 va 2016 yillarda o'tkazilgan Evropa chempionatlarining bronza medali sohibi.

Yuqorida Yurgen Klinsmann nemis futbolini inqirozdan olib chiqish yo'lida katta qadam tashlagani to'g'risida gapirdik. Yoaxim Lyov esa olmonlarni yana jahon futbolining triumfiga qaytardi. U allaqachon Germaniya terma jamoasi boshqaruvida o'tkazilgan o'yinlar (182) hamda g'alabalar (117) soni bo'yicha rekord o'rnatishga ulgurdi. Lyovni birinchi pog'onaga qo'yish uchun uning muzeyida faqat Evropa chempionatining oltin medali yo'qligi xalal berdi. Ammo qita birinchiligini yutish uchun Yoaximda imkoniyat saqlanib qolmoqda.

1-o'rin: Xelmut SHyon

Ishlagan muddati: 04.11.1964 – 21.06.1978. 

Natijalar: 87 g'alaba, 31 durang, 21 mag'lubiyat. 

Yutuqlar: JCH-1974 chempioni, Evro-1972 chempioni, JCH-1966 vice-chempioni, Evro-1976 vice-chempioni va 1970 yilgi mundialning bronza medali sohibi. 

Xelmut SHyonning natijalari shunchaki ajoyib. "Bundestim" uning boshqaruvi ostida 6 yirik turnirda ishtirok etgan (nemislar Evro-1968 musobaqasiga chiqa olishmagan). Natija: 2 "oltin", 2 "kumush" va "bronza". Germaniyada uni "Buyuk Gelmut" laqabi bilan atashadi va nemis futboli tarixidagi eng kuchli murabbiy sifatida etirof qilishadi.

Evrofutbolning ortda qolgan mavsumi ko'rsatib berdiki, olmon yurtida murabbiylarning yangi avlodi etishib chiqyapti. "Bavariya" CHempionlar Ligasida nemis futbolining bugungi kuchini namoyish qildi. Germaniya yaqin Evro va jahon chempionatlari uchun tuzilgan favoritlar ro'yxatining avvalida etirof qilinyapti. Amalda qanday bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.

Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика