Germaniya terma jamoasi ustozi Jahon chempionati Qatarda o'tkazilayotganini tanqid qildi
21 sen 2022 13:36
Yangiliklar


Germaniya terma jamoasi ustozi Jahon chempionati Qatarda o'tkazilayotganini tanqid qildi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xansi Flik JCH-2022 mezbonlik qiladigan davlat haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jahon chempionatini Qatarga berish to'g'rimi? Bu savolga javob ancha oldinroq berilishi kerak edi va bu javob – yo'q! Qatar inson huquqlari va barqaror rivojlanish borasida ko'p ishlarni noto'g'ri qilmoqda. Bu – fakt", – dedi Flik.
Eslatib o'tamiz, Qatar iqlimi tufayli Jahon chempionati tarixda birinchi marta qishda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar