Germaniya terma jamoasi samolyoti avariyaviy qo'nishni amalga oshirdi
09 sen 2021 19:24
Yangiliklar
Germaniya terma jamoasi samolyoti avariyaviy qo'nishni amalga oshirdi
Bu voqea Germaniya futbol ittifoqi (DFB) tomonidan malum qilindi. Ular bu voqeani yana bir chashka qahva ichish uchun bahona, deb hazil qilishdi.
Kecha Germaniya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida Islandiyani 4:0 hisobida mag'lub etdi va tunda Germaniya sari yo'l oldi. Biroq shoshilinch ravishda Edinburgga qo'nishga majbur bo'ldi.
BILD malumotlariga ko'ra, reys 7700 avariya signalini uzatdi. DFB esa samolyot qo'nganiga sabab sifatida xavfsizlik profilaktik tekshiruvi o'tkazilganini keltirdi.
"Hamma (jamoa azolari – tahririyat) tartibli va sabrli ravishda aviaciya xodimlarining o'z ishlarini xotirjam va professional tarzda bajarishini kutishmoqda. Keling, yana bir chashka qahva ichamiz", – deya hazil bilan javob berdi Germaniya futbol ittifoqi matbuot xizmati.
Keyinchalik DFB Edinburgga zaxira reysi kelganini xabar qildi – va jamoa Frankfurtga, keyin Myunxenga jo'nab ketishini aytdi.
Fikrlar