Germaniya Superkubogi oldidan "Borussiya D"da jiddiy yo'qotish
03 avg 2019 22:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/510344_original.jpg)
![](/upload/storage/510344_220.jpg)
Germaniya Superkubogi oldidan "Borussiya D"da jiddiy yo'qotish
Bugun, Germaniya Superkubogi uchun Bavariya hamda Borussiya D o'zaro to'qnash keladi.
Dortmundliklar safida uchrashuvni himoyachi Mats Xummels o'tkazib yuborishi malum bo'ldi. U bo'lajak bahs oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi.
30 yoshli germaniyalik futbolchi joriy yozda «Bavariya»dan yana «arilar» safiga qaytdi. U mazkur jamoa sharafini 2008-2016 yillar oralig'ida ham himoya etgandi.
Mats Xummels o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 o'yinda qatnashib, 2+2 ko'rsatkichga erishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar