Germaniya Superkubogi oldidan "Borussiya D"da jiddiy yo'qotish

Eldor Akmurzayev
3 avg 2019, 22:15
Bugun, Germaniya Superkubogi uchun Bavariya hamda Borussiya D o'zaro to'qnash keladi.

Dortmundliklar safida uchrashuvni himoyachi Mats Xummels o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi. U bo'lajak bahs oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi. 

30 yoshli germaniyalik futbolchi joriy yozda Bavariyadan yana arilar safiga qaytdi. U mazkur jamoa sharafini  2008-2016 yillar oralig'ida ham himoya etgandi.

Mats Xummels o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 o'yinda qatnashib, 2+2 ko'rsatkichga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sportbild