So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Dramatik yakun: Germaniya Ispaniya bilan o'yinda oxirgi soniyalarda g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

Dramatik yakun: Germaniya Ispaniya bilan o'yinda oxirgi soniyalarda g'alabani qo'ldan chiqardi

Teglar :  Millatlar Ligasi
Millatlar ligasi 1-turi doirasida ajoyib to'qnashuv guvohiga aylandik.

Germaniya – Ispaniya 1:1
3 sentyabr, Stadion "Mersedes-Benc-Arena"
Gollar
: 1:0 – 51 Verner, 1:1 – 90 Gayya.

Germaniya – Trapp, Zyule, Gozens, Kerer, Ryudiger, Gyundogan (Serdar, 74), Djan, Kroos, Draksler, Sane (Ginter, 63), Verner (Kox, 90).

Ispaniya – De Xea, Ramos, Karvaxal, Pau Torres, Navas (Fati, 46), Buskets (Merino, 57), Tiago Alkantara, Ferran Torres, Fabian Ruis (Oskar Rodriges, 80), Gayya, Rodrigo.


O'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



Qoyil, "og'ir vaznlilar" kurashida barchasi oddiy bo'lishi mumkin emasdi. Nemislar g'alaba cho'ntakda, deb turgan bir pallada Luis Enrike shogirdlari ishning "beliga tepishdi".   

90+5-daqiqa. GOOOOOL! Xose Gayya. Ikkinchi qavatda to'p uchun kurashdan so'ng to'p oldinga o'tgan himoyachiga borib tushdi va Gayya to'pni osonlik bilan darvozaga to'g'rilab yubordi. 

90+4-daqiqa. Hakam Germaniya terma jamoasi futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatish uchun ketgan vaqtni o'rnini qoplash uchun yana bir necha soniya o'ynashga qo'yib bermoqda. 

90+2-daqiqa. GOOOL! Ansu Fati yana gol urdi, lekin hakam yana uni bekor qildi. Bu safar "Real"ning boshqa bir futbolchisi gol inobatga olinmasligiga sababchi bo'ldi. To'p uchun kurashda Serxio Ramos raqibini qo'pollik evaziga yiqitib qo'ygan va shu sabab to'p Ansu Fatiga o'tgani takroriy lavhada ko'rindi. 

Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. O'yindagi yagona gol muallifi Timo Verner maydonni tark etdi uning o'rniga Kox maydonga tushirildi. 

85-daqiqa. Ispaniya termasining navbatdagi urinishi besamar ketdi. 

82-daqiqa. Raqib qarshi hujumga o'tib ketmasligi uchun Pau Torres maydon markaziga yaqin joyda Timo Vernerga nisbatan qo'pol o'ynadi.

80-daqiqa. O'zgarish! Fabian Ruis o'rniga Oskar Rodriges maydonga tushdi. 

77-daqiqa. Toni Kroosning uzatmasidan keyin Zyule bosh bilan zarba yo'lladi, lekin De Xea katta qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

73-daqiqa. GOOL! Ansu Fati terma jamoa safidagi ilk golini urgandi, lekin unga to'pni etkazib bergan Dani Karvaxal o'yindan tashqari holatda ekanligi malum bo'ldi. 

71-daqiqa. Timo Vernerdan to'pni qabul qilib olgan Toni Kroos uzoq masofadan kuchli zarba berdi, to'p darvoza to'riga aniq bordi, lekin darvozabon uni egallab oldi.  

69-daqiqa. Xose Gayya qanotdan oldinga o'tdi va uzatmani amalga oshirdi, lekin Ferran Torres qanchalik urinmasin to'pga eta olmadi. 

67-daqiqa. Emre Jan o'ng qanotdan oldinga o'tdi, ko'pchilik u to'pni oshirishini kutib turganda, futbolchi o'tkir burchakdan kuchli zarba yo'lladi, De Xea o'z o'rnida. 

64-daqiqa. Fabian Ruis jarima maydoni ichiga yorib kirishga urinib ko'rdi, unga Toni Kroos qarshilik qilayotgandi, lekin "Real Madrid" yarim himoyachisi yiqilib tushdi, biroq hakam jim, nemislarning baxtiga Trapp to'pga birinchi bo'lib etib keldi. 

63-daqiqa. Kerer to'p uchun kurashda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

61-daqiqa. XAVFLI vaziyat! Sane to'pni qizg'onmay, sherigiga tashladi, lekin Timo Vernerning zarbasiga aniqlik etishmadi. Aks holda uchrashuv taqdiri amalda hal bo'lardi.  

60-daqiqa. Verner zarba berdi, De Xea qaytardi, ammo undan tashqari hujumchi o'yindan tashqari holatda qolganligi qayd etildi. 

58-daqiqa. Rodrigo o'rta masofadan o'ziga vaziyat yaratib, kuchli zarba berdi, to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi. 

56-daqiqa. Hisobda ortda borayotgan ispanlar endi ko'proq hujumga o'tishga urinmoqda. Burchak to'pi ishlab olindi, uzatma amalga oshirildi, lekin Serxio Ramosga zarba berish uchun imkon qoldirishmadi. 

54-daqiqa. Toni Kroosning kuchli zarb bilan amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p himoyachilarga tegib ham darvozaga kirib ketishiga sal qoldi.    

53-daqiqa. Leroy Sane bir raqibini ko'rdim demay aldab, zarba bermoqchi edi, lekin unga Tyago Alkantara qarshilik qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

51-daqiqa. GOOOOOOOL! Timo Verner. Bu safar hujumchi puxta tayyorlagan zarbani De Xea ham qaytara olmadi.  

50-daqiqa. Draksler maydon markazida Fabian Ruisga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.  

48-daqiqa. Timo Verner qanotdan jarima maydoniga kirib, niyatiga etishiga Serxio Ramos qarshilik qildi. 

47-daqiqa. Hozircha kurash asosan maydon markaziga yaqin hududda kechmoqda. Jamoalardan biri oldinga o'tsa, raqib kuchli pressing evaziga to'pni olib qo'ymoqda. 

46-daqiqa. Bo'limni nemislar boshlab berishdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

O'zgarish! Ispaniya terma jamoasi tarkibida o'zgarish - Xesus Navas o'rniga Ansu Fati maydonga tushdi.  

45-daqiqa. Hakam dastlabki bo'limga biror daqiqa qo'shib bermadi. SHu tariqa birinchi bo'lim yakunlandi. Biroz dam olamiz.

44-daqiqa. Maydon markazida to'pni Sanening noaniq pasidan keyin ispanlar ilib ketdi va Rodrigo birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, kuchli va aniq zarba berdi, lekin Trapp ishonchli harakat qilib to'pni qaytardi, himoyachilar ikkinchi bor zarba berishga imkon qoldirishmadi. 

41-daqiqa. Hujum qilish navbati ispanlarda va ular burchak to'p ishlab olishdi. Fabian Ruisning uzatmasidan keyin ko'pchilik to'pga intildi, biroq eta olmadi. Jarima maydonchasidan uzoqlashtirilgan bo'lsada, to'p "Qizil furiya"da qoldi.  

40-daqiqa. Toni to'pni jarima maydoni ichiga oshirib berdi, Zyule uni egallab oldi, lekin hujumdagi himoyachi o'yindan tashqari holatda ekanligi aniqlandi. 

39-daqiqa. Draksler chap qanotdan markazga kirib borayotganida Serxio Ramos uni qo'pollik ishlatib kutib oldi deb hisobladi hakam. To'p oldida Kroos.  

37-daqiqa. Kutilmaganda Sanening keskin to'p oshirishidan keyin Timo Verner qulay vaziyatga ega bo'ldi, himoyachini biroz chalg'itishga urinib, keyin zarba berdi, ammo noaniq. 

34-daqiqa. 8-raqamlar kurashida Toni Kroosga nisbatan qoida buzildi. 

33-daqiqa. Xesus Navas qanotidan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoni ichiga oshirmoqchi edi, ammo zarba kuchliroq bo'ldi va to'p narigi qanotga o'tib ketdi.

30-daqiqa. Leroy Sane oldinga qochib ketishi mumkin edi, lekin himoyachi to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

28-daqiqa. Germaniya chap qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin Emre Jan to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. 

26-daqiqa. Deyarli maydon burchagidan Alkantara kuchli zarba berdi, Trapp qiyinchilik bilan bo'lsada to'pni qaytarib yubora oldi. 

25-daqiqa. Ispaniyaning hujumi chap qanotdan tashkil etildi, ammo himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. 

22-daqiqa. Ajoyib hujumni Serxi Buskets yakunlagandi, ammo Trapp o'z o'rnida.

19-daqiqa. Maydonda teng kurash kechmoqda. Goh u jamoa, goh bunisini oldinga o'tib, vaziyat yaratishga intilmoqda.  

13-daqiqa. Toni Kroos burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin undan naf chiqara olishmadi.  

11-daqiqa. Tilo Kerer bo'sh zonada paydo bo'ldi va zarba berdi De Xea to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

9-daqiqa. Fabian Ruis maydon markazida aqlli qaror qabul qildi va to'pni jamoasida saqlab qoldi.   

7-daqiqa. Termaga ko'p ham chaqirilmaydigan Xose Luis Gayya o'yinni ancha faol boshladi. Ispanlarning aksariyat hujumi aynan uning ishtirokida amalga oshirilmoqda.  

4-daqiqa. Maydonda hozircha tenglik, har ikki jamoa safida o'z ishining ustalari harakat qilayotgani sezilmoqda. 


1-daqiqa. O'yin boshlandi. Umid qilamizki, bugun jamoalar bizga qiziqarli uchrashuv taqdim etishadi. 

Germany

Timo Werner - 51'

UEFA Nations League A Grp. 4 . 1-tur

03/09/2020, 23:45

1
:
1
Tugadi

Spain

Jose Gaya - 90'

Stadion: Mercedes-Benz Arena, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
51'  Timo Werner
51'  Robin Gosens
62'  Leroy Sane (Matthias Ginter)
74'  Ilkay Gundogan (Suat Serdar)
90'  Timo Werner (Robin Koch)
46'  Jesus Navas (Ansu Fati)
57'  Sergio Busquets (Mikel Merino)
80'  Fabian Ruiz (Oscar Rodriguez)
90'  Jose Gaya
90'  Rodrigo

YANGILASH

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика