Germaniya Bundesligasida g'alati avtogol urildi
04 mar 2024 11:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/782840_original.jpg)
![](/upload/storage/782840_220.jpg)
Germaniya Bundesligasida g'alati avtogol urildi
Germaniya Bundesligasining 24-turidan o'rin olgan "Xaydenxaym" - "Ayntraxt" uchrashuvida chempionat tarixidagi g'alati avtogollardan biri qayd etildi.
"Xaydenxaym" yarim himoyachisi Benedikt Gemper birinchi bo'limning 39-daqiqasida o'z jamoasi darvozaboni Kevin Myullerga to'p uzatdi, ammo posbon maydon holatining yomonligi tufayli to'pni tepib yubora olmasdan, o'tkazib yubordi.
Darvozabon xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa-da, avtogol jamoadoshining hisobida yozildi. Bellashuvda esa "Ayntraxt" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar