So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  9 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

Bundesliga: Dramatik boshlangan chempionatda VAR "Bavariya"ning ikkita golini bekor qildi Yangiliklar

Bundesliga: Dramatik boshlangan chempionatda VAR "Bavariya"ning ikkita golini bekor qildi

Teglar :  BavariyaXoffenxaym
Germaniya chempionatining 1-turida amaldagi chempioni "Bavariya" o'z uyida "Xoffenxaym"ni mehmon qildi.

O'yin dramatik scenariy ostida o'tdi. Dastlabki daqiqalarni faol boshlagan "Bavariya"ning ilk hujumlarini "Xoffenxaym" futbolchilari bartaraf etishni uddasidan chiqishdi. Lekin uchrashuvning 23-daqiqasida burchak zarbasi mezbonlarga omad keltirdi. Joshua Kimmixning to'p oshirishidan so'ng himoyachilar nazaridan chetda qolgan Myuller Bundesliganing yangi mavsumidagi dastlabki golni kiritdi. Birinchi bo'limda boshqa kiritilmadi. Ammo taym birgina gol bilan yodda qolmadi, aksincha "Xoffenxaym" himoyachisi SHulcning Komanga etkazgan jarohati birinchi bo'limning eng kulminacion nuqtasi bo'ldi. Qanotdan navbatdagi reydni uyushtirayotgan Kingsli Koman raqib himoyachisi SHulcning oyoqqa tashlanishidan so'ng o'yinni davom ettira olmadi. Natijada o'tgan mavsumning hal qiluvchi pallasini va JCHni jarohati bois o'tkazib yuborgan Koman yana maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

O'yinda juda qo'pol harakat "Xoffenxaym" futbolchilarining agressiv harakatlari tufayli ikkinchi taymda ham yana bir futbolchi maydonni erta tark etishiga to'g'ri keldi. Bu safar "Xoffenxaym" darvozaboni Baumann o'z jamoadoshi Fogtga jarohat etkazdi. Mehmonlar sardori ham maydonni shifokorlar yordami ostida tark etishga majbur bo'ldi.

Tanaffusdan so'ng "Xoffenxaym" muvozanatni tiklashga erishdi. Himoyada avvaliga Martinez, keyinchalik Boatengni yo'l qo'ygan xatosi evaziga Salai jarima maydonchasi ichidan o'zining aniq va kuchli zarbasi bilan darvozaning o'tkir burchagini nishonga oldi - 1:1.

Himoya qurg'oni va  jamoa sardori Fogt o'rniga tushgan Nordtveyt jarima maydonchasi ichida Riberiga nisbatan qoidani buzdi va "Bavariya" penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Robert Levandovskining "nuqta"dan yo'llagan zarbasini Baumann bartaraf etdi, ammo qaytgan to'pni Robben barchadan ildamroq harakat qilib darvozaga joylab qo'ydi. Ammo "Xoffenxaym" futbolchilarining etirozlaridan so'ng hakam VARga murojaat qildi va takroriy lavhada Robben penalti tepilishidan ancha oldin jarima maydonchasiga yugurib kirganini ko'rdi. Natijada Robbenning goli bekor qilinib, penalti qayta tepildi. Levandovski ikkinchi urinishda adashmadi va Baumann darvozasini ishg'ol etishni uddaladi. Goldan ruhlangan "Bavariya" yana oldinga o'tdi va zaxiradan maydonga tushgan Goreckaning uzoqdan tepgan to'pi yo'l-yo'lakay Myullerning qo'liga tegib, rikoshet orqali darvozadan o'rin oldi. Ammo "Xoffenxaym" futbolchilarining bu vaziyat bo'yicha etirozlaridan so'ng hakam yana VARga yuzlandi va to'p haqiqatdan ham Myullerning qo'liga tekkanini ko'rdi. "Bavariya"ning uchrashuvdagi to'rtinchi, bekor qilingan ikkinchi goli ham inobatga olinmadi. Ammo "Bavariya" hakamning final xushtagi yangraguncha baribir o'zining uchrashuvdagi haqqoniy uchinchi golini urishga ulgurdi. Kimmix-Myuller-Robben "trio"sining yon chiziqdan o'ylangan kombinaciyasidan so'ng Aren baribir o'z maqsadiga erishdi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:1.

SHunday qilib, "Bavariya" Niko Kovach qo'l ostida Bundesliga va "Alyanc Arena"dagi debyutini g'alaba bilan nishonladi.

Bundesliga, 1-tur.

"Bavariya" – "Xoffenxaym" 3:1
24 avgust, 23.30, "Alyanc-Arena"
Gollar:
1:0 – 23 Myuller, 1:1 – 57 Salai, 2:1 – 82, penalti Levandovski, 3:1 – 90 Robben.
"Bavariya": Noyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Boateng, Koman (Robben, 45), Martines (Goretcka, 67), Alkantara, Riberi (Xames, 83), Levandovski, Myuller.
"Xoffenxaym": Baumann, Bichakchich, Fogt (Nordtveyt, 74), Adams (Akpoguma, 67), SHulc, Grifo (Cuber, 46), Bitenkur, Grillich, Kaderjabek, Joelinton, Salai.
Ogohlantirish: Adams (21), Bitenkur (29), Kaderjabek (43), SHulc (45), Myuller (45).


Bayern Munich

Thomas Mueller - 23', Robert Lewandowski - 82', Arjen Robben - 90'

1. Bundesliga . 1-tur

24/08/2018, 23:35

1
:
3
Tugadi

Hoffenheim

Adam Szalai - 57'

Stadion: Allianz Arena, 75000 tomoshabin

Bosh hakam: Bastian Dankert

45'
90'
23'  Thomas Mueller
23'  Joshua Kimmich
45'  Kingsley Coman (Arjen Robben)
45'  Thomas Mueller
67'  Javier Martinez (Leon Goretzka)
82'  Robert Lewandowski
83'  Franck Ribery (James Rodriguez)
90'  Arjen Robben
90'  Thomas Mueller
21'  Kasim Adams
29'  Leonardo Bittencourt
43'  Pavel Kaderabek
45'  Nico Schulz
46'  Vincenzo Grifo (Steven Zuber)
57'  Adam Szalai
57'  Ermin Bicakcic
67'  Kasim Adams (Kevin Akpoguma)
74'  Kevin Vogt (Haavard Nordtveit)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика