So’nggi yangiliklar

14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  0 14:01"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетиш ниятидалигини маълум қилди  1 13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   3 12:49Эдегор Австрияга қарши ўйинда жароҳат олди  2 12:36Долен Омурзаков ким бўлган?  8 12:18"Мустақиллик Кубоги-2024" мусобақаси якунланди. Бош соврин Оҳайо штатига йўл олди  2 11:56Футзал. Коста-Рика терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 11:35"Ал Насср" Криштиану Роналдуга Италиядан янги мураббий топди  11 10:47Афсуски, сардоримиз ҳам мундиални ўтказиб юборади. Ўзбекистон футзал терма жамоасининг ЖЧ-2024 учун якуний рўйхати маълум  9 10:45Биринчи лигада мавсумнинг энг йирик ҳисобдаги ғалабаси қайд этилди   4 10:20Андижон" собиқ футболчиси Африка клубига ўтди   10 09:40Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  9 09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   2 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   1 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   12

Gennadiy Kochnev: “Nurafshon”ning oliy ligaga qaytishi ko'p yillik orzu!" Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: “Nurafshon”ning oliy ligaga qaytishi ko'p yillik orzu!"

O'zbekiston birinchiligi bahslarida 4-tur uchrashuvlari yakunlanib, kecha 5-turga ham start berildi.
Dastlabki to'rt turdan keyin mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan “Nurafshon” peshqadam bo'lib turibdi. Buxoro jamoasi musobaqa debyutanti bo'lsa-da, o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan. Birinchilikning 4-turida Toshkentda markaziy uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda o'tgan mavsum oliy ligaga chiqishiga bir bahya qolgan “Oq-tepa”“Nurafshon”ni qabul qildi. Bellashuvda jangovor durang qayd etildi. O'yindan keyin mehmonlar ustozi Gennadiy Kochnev bilan suhbatlashdik.

- Avvalo, “Oq-tepa”ga qarshi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Albatta, “Oq-tepa”dek jamoa bilan bo'lgan safar uchrashuvida durang o'ynaganimizdan qoniqdim. Biroq 0:2 hisobida oldinda borib, keyin durangga erishish, qolaversa, g'alaba qozonayotgan vaqtimizda yana gol urish imkoniyatiga ega bo'lganimiz uchun g'alabani ko'proq xohlar ekansan kishi! Lekin bugun nafaqat bizda, balki mezbonlarda ham etarlicha imkoniyat bo'ldi. O'ylashimcha, biz uchrashuvning dastlabki 25 daqiqasini alo darajada o'tkazdik. Gol urish uchun bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Ammo asosiy tayanch yarim himoyachimiz Aziz Yo'ldoshev jarohat olganidan keyin vaziyat o'zgardi. Uning o'rniga maydonga tushgan boshqa futbolchimiz o'yinga moslashib keta olmadi. Natijada tayanch yarim himoyamizda ochiq zonalar paydo bo'ldi. Oqibatda o'z darvozamizdan gol olib chiqdik. Qolaversa, bugun asosiy himoyachimiz Asil Begimqulov ham jarohat tufayli maydonga tusha olmadi. Ochig'i, bugun amalga oshirgan o'zgarishlarimiz umuman o'zini oqlamadi. Aksincha, boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan o'yinchilar yaxshi xislatlarini namoyish qilishdi. Boshlang'ich tarkibimiz hujum uyushtirishdi, gol urishdi. Zaxiradan tushganlar jamoaga yordam berishi kerak, bizda bunday bo'lmadi. Umumiy manoda aytganimdek, natijadan qoniqdim. Kimnidir alohida ko'rsatib o'tmoqchimasman. Bugun g'alaba uchun hamma birdek harakat qildi. Yigitlar jamoada kichkina muammolar bo'lishiga qaramasdan borini berib mehnat qilyapti. Sabr qilishyapti, ishlashyapti. Ko'rib turibsizlar, hali mag'lubiyatga uchraganimiz yo'q. Turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibmiz. Bunda ularning mehnati beqiyos. SHuning uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman!

- Bugun “Nurafshon” ikki ochko yo'qotdi, deb hisoblasa bo'ladimi?
- Yo'q-yo'q. Men unday demagan bo'lardim. To'g'ri, 0:2 hisobida oldinda edik, yakunda durangga erishdik. Lekin raqib qaysi jamoa ekanligini ham inobatga olish kerak! “Oq-tepa” o'z oldiga doim yuqori vazifani qo'yadigan klub hisoblanadi. O'tgan yili oliy ligaga chiqishiga bir bahya qolgan jamoa. Bugun maydonga tushgan boshang'ich tarkibiga ahamiyat bering, ikki nafar majburiy yosh o'yinchini inobatga olmasa, qolgan barcha futbolchilar oliy ligada o'ynagan. Men “Oq-tepa” jamoasini qattiq hurmat qilaman. Bu jamoa bilan safarda durangni o'ynashni qoniqarli, deb hisoblayman.

- “Nurafshon” o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygani qanchalik haqiqatga yaqin?
- Biz oldimizga katta maqsadlarni qo'yyapmiz. Hozirda homiylik masalalari ko'rib chiqilmoqda. Hokimlik qo'ldan kelgancha yordam beryapti, ammo bu borada aniq bir homiy bo'lishi kerak. SHu masalalarga oydinlik kiritilmoqda. SHunday bo'lsa-da, biz har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqyapmiz, kurashyapmiz, intilyapmiz. Maqsadimiz eng yuqori o'rinni qo'lga kiritish. Buni anchadan beri orzu qilyapmiz. “Nurafshon” oliy ligada qatnashmaganiga ko'p yillar bo'ldi. Jamoani oliy ligaga qaytishi ko'p yillik orzu! Qolaversa, jamoa o'z oldiga yuqori maqsad qo'ymasa unda ishlashdan nima naf?

- SHunday deysizku, birinchi ligada hamma klublar ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymaydiku?
- Biz qo'yamiz. Yigitlar bilan shu maqsad yo'lida ishlayapmiz. Dastlabki uch turda gol o'tkazmagandik, ammo bugun o'z darvozamizdan 2ta to'p olib chiqdik. Albatta bu holat kishini biroz xafa qiladi, ammo “Oq-tepa”dek raqibga qarshi o'ynaganimiz kishini tinchlantiradi. SHu erda “Oq-tepa”ni ham tabriklamoqchiman! Sababi, jamoa 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrab, durangga erishishi oson emas. Ular buni uddalashdi va bir ochkoni qo'lga kiritishdi.

- Debyutant jamoa bo'lishga qaramasdan birinchi ligada peshqadam bo'lib turibsizlar. CHempionatni qanday baholaysiz?
- Birinchi ligada ishlamaganimga ancha yillar bo'lgandi. Qolaversa, endigina 4ta o'yin o'tkazganimiz uchun chempionat haqida aniq fikr bildirishim mushkul. Bugungacha to'rtta jamoaga qarshi maydonga tushdik. Barcha uchrashuvlar qiyin o'tdi. Ammo raqiblarimiz orasida eng kuchlisi “Oq-tepa”, deb hisoblayman! Bundan tashqari, bu yil oliy ligaga chiqmoqchi bo'lgan klublar soni ham ko'p. “Dinamo”, “Oq-tepa”, “Cementchi”, “UzDongJu” oliy ligani ko'zlayotganini eshitdim. Bu raqiblarga qarshi bahslar oson o'tmaydi. Boz ustiga, boshqa jamoalar ham biz bilan bo'ladigan uchrashuvlarga boshqacha kayfiyatda to'p turishadi. CHempionatni o'z uyimizdagi ikki o'yin bilan boshlagandik. Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, o'sha bellashuvlarda ham bizga oson bo'lgani yo'q. Aytganimdek, birinchi liga to'g'risida hozir aniq fikr bildirish mushkul, ammo oliy ligaga chiqmoqchi bo'lgan klublarning soni ko'pligi, “Lokomotiv-BFK”, “Nasaf-2”, “Mashal-2”, “Paxtakor-2  singari yosh, ishtiyoqi baland futbolchilardan iborat jamoalar ham borligi tufayli mavsum qiziqarli kechishini taxmin qilish qiyin emas.


Furqatbek NISHONOV 
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика