So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  0 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Gennadiy Kochnev: "Agamurodovning ishdan ketish sababi bor" Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: "Agamurodovning ishdan ketish sababi bor"

Yaqinda OAVda "Buxoro"ning sobiq bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodovning intervyusi chiqdi. Agamurodov jamoadan ketganligining sababi asosan Gennadiy Kochnev bilan bog'liqligini aytib utgan.
SHu fikr to'g'rimi yoki yo'qmi? Ushbu masalaga oydilik kiritish maqsadida Gennadiy Kochnev bilan bog'lanib, ushbu vaziyatga oydinlik kiritib berishini so'radik:

- Gennadiy Gennadievich, yaqinda Tachmurod Agamurodovning intervyusi chiqdi, o'qidingizmi? Bu gaplar asoslimi? 
- Ha, o'qidim. Ochig'ini aytsam bu gaplarni eshitib hayron qoldim. Nafaqat men, balki rahbariyat ham hayrat bilan ushbu xabarni qabul kildi.
Nahotki, inson shu darajada o'z aybini bo'yniga ola bilmasa? Nahotki, "Buxoro" klubining rahbarlari Agamurodov ko'rsatgan sabablar tufayli uni lavozimidan bo'shatadi?

To'g'ri men SHamakovich bilan bu mavzuda gaplashgan man. Men o'zim buxorolik man va Buxoro futboli kelajagi meni befarq qoldirmaydi. Buxoroda talantli futbolchilar juda ko'p. Xususan o'rinbosarlar tarkibida mixlanib qolgan kelajagi porloq futbolchilarimiz ham ko'p. Men unga hech bulmaganda ularga imkoniyat berishini so'radim xolos.

Buxoro futboli mamlakatimizda o'z o'rniga va mavqeiga ega. Azaldan "Buxoro" klubi o'zbek futboliga ko'plab talantlarni etishtirib berardi va doimiy ravishda mahalliy futbolchilar bilan aloqada bo'lib kelar edi. Lekin aynan shu yil ushbu aloqa uzildi.

SHaxzod Sulaymonov,Jamshid Hasanov, Aziz Murotov hozirgi kunda ayni kuchga to'lgan davrlari, ularga ishonish kerak, imkoniyat yaratish kerak.

Men aminmanki, yuqorida sanab o'tgan yosh futbolchilar ayrim jamoalardan ijara asosida "Buxoro"da to'p surganlardan hech ham qolishmaydi.

Yil davomida xatto muxlislar tomonidan "Nega mahalliy futbolchilarning hammasi yo'qolib boryapti" degan savollar ko'p bora yangradi.

Buxoroda o'tgan "Guliston"ga qarshi o'yinning so'nggi dqkiqalarida Jaxon chempionati ishtirokchisi Azizbek Murotov maydonga tushurildi. U deyarli to'p bilan muomala qilmay o'yin yakunlandi. O'yindan so'ng Murotovning ko'zi to'la yosh edi. Bu ko'z yoshlar alam ko'z yoshlaridir.
Kelajak yoshlar qo'lida deymiz, lekin nega ularga ishonch va imkoniyat bermaymiz?

- Agamurodovning lavozimidan bo'shatish sabablari bular bo'lmasa, unda nima sababdan rahbariyat uning xizmatlaridan voz kechdi?
- Yana qaytaraman, hech qanaqa rahbariyat bu sabablar tufayli murabbiyni ishdan bo'shatmaydi. Buning sababi umuman boshqa.

CHempionatning sunggi turlarida "Buxoro" jamoasi ketma-ket mag'lubiyatga uchradi. Bu o'yinlarni rahbarlar, homiylar va muxlislar o'z ko'zlari bilan ko'rishdi, hattoki, Navoida ko'plab buxorolik muxlislar bor edi va ushbu mag'lubiyatni va o'yinni o'z ko'zlari bilan ko'rishdi.

SHuning uchun Tachmurod Agamurodovning "Buxoro" bosh murabbiyi lavozimidan chetlashishining sababi deb, jamoaning so'nggi o'yinlarda qoniqarsiz natija qayd etishi va eng asosiysi o'yin sifati yo'qolganligi bilan izohlanadi!" - deya o'z fikrini bildirdi Gennadiy Kochnev.


"Buxoro" PFK matbuot kotibi Aziz Salixov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика