Genichning O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinini qaysi kanal uchun sharhlashi malum
05 sen 2017 01:05
Yangiliklar


Genichning O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinini qaysi kanal uchun sharhlashi malum
Rossiyaning "Match TV" kanali sharhlovchisi Kostantin Genich Toshkentga etib keldi.
Bizga malum bo'lishicha, Genich O'zbekiston - Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni bevosita "Bunyodkor" stadionidan sharhlaydi. Ushbu sharh "O'zbekiston 24" hamda UZ HD telekanallari orqali efirga uzatiladi.
Genich Toshkentga uchishi oldidan o'zining "Tvitter"dagi sahifasida shunday xabar qoldirgandi:
"Sen bilan dunyoning yarmini aylanib chiqdik, biroq har safar uyni sog'inaman... O'zbekistonni JCH-2018ga olib chiqish uchun Toshkentga uchyapman".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar