So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Gegenpressing tiki-takaga qarshi: "Liverpul" "Manchester Siti" bilan o'ynaydi PREVYU Yangiliklar

Gegenpressing tiki-takaga qarshi: "Liverpul" "Manchester Siti" bilan o'ynaydi PREVYU

Bugungi kunning muhim to'qnashuvi haqida...

"Liverpul" – "Manchester Siti"
Stadion: "Enfild Road" (Liverpul)
Boshlanish vaqti: 18:30
Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

Bugun tumanli albionning eng kuchli ikki jamoalaridan bo'lgan - "Liverpul" va "Manchester Siti" o'zaro to'qnash keladi. Tomonlar shu kungacha APLda bir xil ochko jamg'arishgan va mag'lubiyatga uchrashmagan. Demak, bugungi bahsning qadri ikki karra baland desak xato bo'lmas. Agarda uchrashuvda durang qayd etiladigan bo'lsa, boshqa jamoa turnir jadvalining birinchi pog'onasiga chiqib olishi hech gap emas.

"Manchester Siti" ko'plab statistikalarni yaxshilash borasida birinchi jamoalardan. Pep boshchiligidagi klub to'pni ushlab turish borasida eng yaxshi natijaga ega - 67,3 foiz. Hammadan ko'proq zarba bergan - bir o'yinga o'rtacha 24 zarbadan. Barchadan ko'proq aniq paslar berishgan - 90,4 foiz. "SHaharliklar" aslida barcha o'yinlarda g'olibga aylangan bo'lishi kerak edi. Ammo jamoa "Vulverxempton"ga qarshi bahsda durang o'ynab qo'ydi.

Ayni damda "Siti"da ikki yo'qotish bor: Fabian Delf va Ilkay Gyundogan. De Bryuyne esa mashg'ulotlarga qaytgan. Belgiyalik bugunoq maydonga qaytishi ham mumkin. Hozirda Mendi va Gvardiola o'rtasida kichik munozara yuzaga kelganini hisobga olsak, uning o'yinga tushishi so'roq ostida turibdi.

Tarkib borasida "Liverpul"ning holati yaxshi. Biroq "qizillar" muxlislari so'nggi paytlarda natija borasida norozi bo'lishmoqda. Klopp jamoasi so'nggi uch o'yinda g'alabaga erisha olmadi. Achinarlisi, "Napoli"ga qarshi "Liverpul" o'zining eng yomon o'yinini ko'rsatdi. Ammo bu bilan jamoa inqiroz ko'chasiga kirib qolgan deb aytib bo'lmaydi.

APL tashkil etilganidan buyon jamoalar o'zaro 42 uchrashuvda qatnashishgan. SHularning 19tasida "qizillar", 8tasida esa "shaharliklar"ning ustunligi kuzatilgan. 15 o'yinda esa g'olib aniqlanmagan. O'tgan mavsumda "Enfild"da bo'lgan o'yinda 4:3 hisobi qayd etilgandi.

Umumiy hisoblaganda jamoalar o'zaro 182 marta to'qnash kelishgan. SHularning 90tasida "Liverpul", 45tasida "Siti" g'alaba qozongan. 47 uchrashuvda durang kuzatilgan. Gollar urish bo'yicha hisob - 324:239.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика