Gattuzo: "Napoli" - o'lik jamoa emas"

Mirjalol Normatov
10 yanv 2020, 21:55
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo kelajakka optimistik ruhda qaramoqda.

Ayni damda "Napoli" A Seriya turnir jadvalining 8-pog'onasini egallab turibdi.

"Agarda men o'lib bo'lgan jamoani ko'rganimda, birinchi kelganimdayoq buni sizlarga aytgan bo'lardim. Futbolchilarda katta xohish va ishtiyoqni ko'ryapman. Ular turnir jadvalida yuqorilash uchun qattiq bel bog'lashgan. "Napoli" ayni damdagi o'rniga munosib emas. Tarkibimizda ajoyib futbolchilar va klubning qadr-qimmati bor. Bu esa maydondagi harakatlarga katta ta’sir o'tkazishi kerak", - dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport