Gattuzo: "Juda ayanchli yo'lda qolib ketganmiz"
27 jan 2020 19:29
Yangiliklar


Gattuzo: "Juda ayanchli yo'lda qolib ketganmiz"
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uyga qaytaman va "Fiorentina"dan uchralgan mag'lubiyat haqida o'ylayman. Biz ikkita kuchli jamoalarni mag'lub etdik, bu ajoyib. Biroq hali ham ayanchli yo'lda qolib ketganmiz. Oldimizda uzoq yo'l bor. Yigitlarni ajoyib mehnati uchun olingan 3 ochko bilan tabriklayman. Ular so'nggi haftalar davomida yuqori kayfiyat bilan ishlashdi. Endi to'xtamaslik kerak", - dedi Gattuzo.
"Napoli" ayni damda A Seriya turnir jadvali 12-qatorini egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar