Gattuzo ijaraga olingan "CHelsi" futbolchisini qaytarib yubormoqchi
15 okt 2018 13:49
Yangiliklar
Gattuzo ijaraga olingan "CHelsi" futbolchisini qaytarib yubormoqchi
"CHelsi" yarim himoyachisi, ayni damda ijara asosida "Milan" sharafini himoya qilayotgan Temue Bakayoko shartnoma muddati yakunlanishidan avval ingliz klubiga qaytishi mumkin.
Rossonerlar bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning fikricha, franciyalik futbolchi maydon markazida o'ynash uchun etarli darajada kuchli emas. Bakayoko "Milan"ning tez orada bo'ladigan bahslarida imkoniyatga ega bo'ladi. Agar u o'zini ko'rsata olmasa, katta ehtimol bilan klub ijara shartnomasini bekor qiladi va xavbek "CHelsi"ga qaytadi.
Bakayoko 2018 yilning yozida "Milan"ga bir yillik ijara asosida o'tgan edi. Rossonerlarda futbolchini 35 mln evroga sotib olish huquqi bor.
Fikrlar