Gattuzo faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
24 mar 2021 22:44
Yangiliklar
Gattuzo faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Napoli" ustozi Jennaro Gattuzo APL klublaridan birining bosh murabbiyiga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda "Football Italia".
Manbaning xabariga ko'ra, 43 yoshli mutaxassis Italiya chempionati tugagandan so'ng neapolliklarni tark etib, "Vulverxempton"ni boshqarishi mumkin. Bundan tashqari, OAVda Gattuzoga Rimning "Lacio"si tomonidan qiziqish borligi haqida malumotlar mavjud.
Eslatib o'tamiz, italiyalik 2019 yilda "Napoli" bosh murabbiyiga aylangandi. Joriy mavsumda uning boshchiligidagi jamoa 27 uchrashuvda 53 ochko to'plab, A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar