So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

Gasperini: “Skudetto? Yanada o'sishga erishmoqchimiz” Yangiliklar

Gasperini: “Skudetto? Yanada o'sishga erishmoqchimiz”

“Atalanta” bosh murabbiyi Jan Pero Gaspirini jamoasining Italiya A seriyasida “Lechche” ustidan (7:2) qozonilgan g'alabasidan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Men jamoam ko'rsatgan o'yindan mamnunman. “Lechche” 0:2 hisobda ortda qolayotgan vaqtda “Atalanta” biroz muddat o'yin tizginini qo'ldan chiqargandek bo'ldi, ammo tez orada to'p nazoratini o'zimizga qaytardik va o'zimiz istagan o'yinni namoyish eta boshladik va bu o'yinni o'z foydamizga hal bo'lishiga zamin yaratdi. Futbolchilarim ko'plab vaziyatlarni yaratishdi va chiroyli gollarga mualliflik qilishdi. 

Bu kabi o'yinlar yigitlarga o'zlariga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi. Hisob yiriklashgan bo'lsada, o'yin oson kechgani yo'q. “Atalanta” turnir jadvalida to'rtinchi o'rin uchun kurash olib borayapti va biz yana ECHLda o'ynash niyatidamiz.

Keyingi yil Skudetto uchun kurash olib bora olamizmi? Hozir bu haqda gapirish qiyin. CHunki biz juda ko'p o'yinlarda maydonga tushayapmiz. CHempionlik uchun 90 ochko to'plash kerak. Bizning maqsad esa hech bo'lmasa 70 ochko yig'ish. Biz o'yindan o'yinga rivojlanish istagidamiz”,  deydi “Atalanta” ustozi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика