Gari Nevill: "Ronaldu MYUni "Siti" va "CHelsi"dan kuchli qilib qo'ya olmaydi. Ammo chempionlik uchun imkoniyatlarimiz oshdi"
29 avg 2021 21:08
Yangiliklar
Gari Nevill: "Ronaldu MYUni "Siti" va "CHelsi"dan kuchli qilib qo'ya olmaydi. Ammo chempionlik uchun imkoniyatlarimiz oshdi"
Nevillning fikriga ko'ra, Ronalduning kelishi jamoaga katta yordam bersa ham, klub raqobatchilaridan kuchayib ketgani yo'q.
"Hozir APL o'zining eng yuqori cho'qqisida turibdi. Angliya chempionati Evropa futboli markazida. MYUning raqiblari esa, juda va juda kuchli jamoalar.
Bir necha yil oldin bo'lganida, men tarkibni ko'rib MYU 10 ochko farq bilan chempion bo'ladi degan bo'lardim. Hozir esa, bunday deyishning iloji yo'q.
Men MYUni uchinchi o'rinni egallashini taxmin qildim. "CHelsi" va "Siti"dan keyin. Fikrimni o'zgartirmayman.
Ronaldu MYUni "Siti" va "CHelsi"dan kuchli qilib qo'ya olmaydi. MYU chempion bo'la oladimi? Bunday deb o'ylamayman. Ammo Ronaldu kelganidan so'ng chempionlik uchun imkoniyatlarimiz ancha oshdi.
Hullas, hozirda chempionlik uchun MYUning imkoniyatlari 48 soat avvalgidan ancha yaxshiroq", -dedi Gari Nevill.
Fikrlar