Gari Nevill: "MYUda katta muammolar boshlanganidan qisman xursandman"
16 apr 2019 16:31
Yangiliklar


Gari Nevill: "MYUda katta muammolar boshlanganidan qisman xursandman"
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Gari Nevill fikricha, "qizil iblislar"ning muammolari kelasi mavsum APLda yaxshi ishtirok etish uchun foyda beradi.
"PSJ ustidan qozonilgan g'aladan so'ng MYUda katta muammolar paydo bo'ldi, ammo bundan qisman xursandman. Agar ular hammani ketma-ket mag'lub etaverganida, xuddi qishdagidek, odamlarda noto'g'ri tasavvur paydo bo'lardi. Hamma bu jamoa aslidagidan juda kuchli deb o'ylardi.
Ule-Gunnar Sulsher o'z futbolchilari haqida ko'proq bilib olganidan xursandman, chunki bu malumotni jamoaning "oltin" davrida olib bo'lmas edi" - deydi Nevill.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar