Gari Nevill: "MYU olib kelayotgan yarim himoyachilarga yaxshi sifatlar etishmaydi"
25 noy 2019 20:42
Yangiliklar


Gari Nevill: "MYU olib kelayotgan yarim himoyachilarga yaxshi sifatlar etishmaydi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill klub olib kelayotgan futbolchilar borasida gapirdi.
"Vaziyatni biroz ochiqlashtiraman, yarim himoya - "Yunayted"ning jiddiy muammosi.
Hatto Skott Maktominey bilan ham ko'plab muammolar bor. Ular o'z zonalarini doimo yaxshi himoya qila olmaydi. Pogba esa jarohatlangan. Bu ular uchun muammo. Xavbeklarga yaxshi sifatlar etishmaydi.
Jamoaga bir hujumchi, ikki yarim himoyachi va bir chap qanot himoyachisi kerak. MYU 5-6 transferni amalga oshirmasa bo'lmaydi. Ular bu ishni yanvarda qilmasligi aniq va shu boisdan yozgacha jamoaning asosiy muammosi yarim himoya bo'ladi", - dedi Nevill.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar