Gari Nevill: "CHelsi"ga qotillik ruhi etishmaydi"
28 okt 2014 11:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/149527_original.jpg)
![](/upload/storage/149527_220.jpg)
Gari Nevill: "CHelsi"ga qotillik ruhi etishmaydi"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill "CHelsi"ning mehmondagi "qizil iblislar" bilan o'yini haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
"Bir necha hafta oldin "CHelsi" "Manchester Siti"ga durang o'ynash uchun imkon bergani haqida aytgandim, "shaharliklar" o'shanda o'n kishi edi. Bu safar ham "Manchester Yunayted"ga shu imkonni berishdi. To'p bilan egalik qilish o'zgarishiga qarang. "CHelsi"ga nimadur bo'ldi. 1:0 hisobidan keyin ular himoyaga o'tib olishdi. Ular "Manchester Siti" bilan uchrashuvda ham gol urishlaridan 10 daqiqa oldin to'p bilan 55 foiz egalik qilishayotgan edi, keyingi 10 daqiqalikda esa bu ko'rsatkich 26 foiz bo'ldi. MYU bilan o'yinda "CHelsi" goldan keyin o'chib qoldi. 1:0 dan keyin yaxshiroq o'ynash kerak, ularga qotillik ruhi etishmaydi" - deydi Nevill.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar