So’nggi yangiliklar

20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  8 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7

Garet Sautgeyt: "Biz muhim cho'qqini zabt etdik, ammo bu biz ko'tarilishni istagan Everest emasdi" Yangiliklar

Garet Sautgeyt: "Biz muhim cho'qqini zabt etdik, ammo bu biz ko'tarilishni istagan Everest emasdi"

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt yaqinlashib kelayotgan Evro-2020 chorak finalida Ukrainaga qarshi o'yindan kutayotgan taxminlari bilan o'rtoqlashdi.

"Menimcha, Germaniya bilan o'yin juda hayajonli tarzda o'tdi, o'yin qiziqarli bo'ldi, ammo uchrashuv yakunlanishi bilanoq, echinish xonasida futbolchilar chorak finalga tayyorgarlik haqida gaplashishdi. SHuning uchun biz tezda keyingi o'yin masalasiga ahamiyat bera boshladik.

O'ylashimcha, psixologik jihatdan tayyor bo'lish juda muhim, bizda kuchli tarkib bor. "Uembli"da o'ynamasligimiz biz uchun foydali bo'lishi ham mumkin, atigi uch kun dam olib, "Uembli"da Germaniyaga qarshi o'yinni takrorlash mashaqqatli bo'lardi.

Endi bizni boshqa sinov kutib turibdi. Biz stadionda ingliz ishqibozlari kam bo'ladigan joyga safar qilishimiz va yaxshi o'yin namoyish etadigan jamoaga qarshi o'ynashimiz kerak. Jamoamizning xatti-harakati, kuchini namoyish eta olishi hamda diqqat-etiborli bo'la olishi birinchi o'rinda turadi.

Ukraina haqida yana nimadir deyish qiyin, chunki ikkala jamoa ham raqib qanday qilib turli xil sxemalardan foydalanayotganini ko'rmoqda. Nimchorak finalda Ukraina ham uchta markaziy himoyachi bilan o'ynadi. Ukrainaliklar shvedlar bilan yaxshi natijaga erishdi va guruh bosqichida qo'llangan sxemani o'zgartirishlari mumkin. SHuning uchun biz barcha vaziyatlarga tayyor bo'lishimiz kerak. Ammo asosiy etibor o'zimiz namoyish etadigan o'yinga qaratilishi kerak.

Biz Ukraina yaxshi jamoa ekanligini bilamiz. SHevchenkoning ishi menda katta taassurot qoldirdi. Kuzda ular Millatlar Ligasida noxush natijalarni qayd etdi, ammo ular Evroda ishtirok etishning uddasidan chiqishdi.

Seshanba kuni biz muhim cho'qqini zabt etdik, ammo bu biz ko'tarilishni istagan Everest emasdi. Endi biz ushbu nuqtadan yanada yuqoriga chiqishni davom ettirmoqchimiz" — deydi Sautgeyt.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика