Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunladi
09 jan 2023 20:34
Yangiliklar
Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunladi
"Real" va Uels terma jamoasining sobiq hujumchisi Garet Beyl faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
33 yoshli uelslik futbolchining so'nggi klubi Amerikaning "Los-Anjeles" klubi edi.
SHuningdek, Beyl faoliyati davomida "Sautgempton", "Tottenxem" va "Real" klublarida o'ynagan.
Ispaniya klubi tarkibida u uch marta mamlakat chempionligi, bir marta Ispaniya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, besh marta CHempionlar ligasida g'olib chiqdi.
Bundan tashqari, u UEFA Superkubogida ikki bor g'oliblik va to'rt bor klublar o'rtasidagi jahon chempioni unvoniga ega.
Beyl Uels terma jamoasi safida 109 ta o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar