G'arbiy Osiyo chempionati. Saudiya Arabistoni yirik hisobda yutqazdi va guruhda so'nggi o'rinni egalladi
11 avg 2019 01:37
Yangiliklar


G'arbiy Osiyo chempionati. Saudiya Arabistoni yirik hisobda yutqazdi va guruhda so'nggi o'rinni egalladi
G'arbiy Osiyo chempionatining B guruhidan o'rin olgan so'nggi tur uchrashuvida Saudiya Arabistoni terma jamoasi Iordaniyaga to'qnash keldi.
Erve Renar shogirdlari raqiblariga yirik 0:3 hisobida yutqazib qo'yishdi. Bahsda gollarni Sayid Al Murjan, Yusuf Rashodshoh hamda Feras SHelbaieh urishdi. SHu tariqa, ikkala terma jamoa ham musobaqadagi ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunlashdi.
Ayni daqiqalarda «B» kvarteti peshqadamligi uchun Quvayt hamda Bahrayn o'rtasida uchrashuv o'tkazilmoqda.
Toshkent vaqt bilan bugun va ertaga esa «A» guruhidan o'rin olgan so'nggi tur bahslari bo'lib o'tadi.
11 avgust, 21:30
Falastin – Suriya
12 avgust, 00:30
Iroq – Yaman
O’xshash yangiliklar

Fikrlar