"Gamburg" Jonatan Tay bilan shartnomani 2018 yilga qadar uzaytirdi
27 noy 2013 17:39
Yangiliklar

"Gamburg" Jonatan Tay bilan shartnomani 2018 yilga qadar uzaytirdi
Bundesligada yil kashfiyotlaridan biri bo'lishi kutilayotgan Jonatan Tay yana besh yil "Gamburg" safida qoladigan bo'ldi.
Buni jamoa sport direktori Oliver Kroycer ham tasdiqladi.
"Gamburg" safida turdan-turga o'yini ochilib borayotgan ushbu yigitcha 2009 yilda jamoa safiga kelib qo'shilgan edi. Oz fursat ichida o'zini ko'rsatishga erishgan Tay Germaniya Kubogi doirasida o'tkazilgan "Yena" jamoasiga qarshi kechgan bahsda maydonga chiqib, "Gamburg" safida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Ushbu yosh istedod sohibi bu mavsumda bundesliga o'yinlarida tez-tez asosiy tarkibdan o'rin olmoqda. Uning to'qqiz uchrashuvda maydonga tushirilgani ham jamoa bosh murabbiyi Bert van Marveykning unga bo'lgan ishonchi yuksak ekanidan dalolat berib turibdi.
Aytib o'tish lozimki, ushbu futbolchining trasnfer narxi so'nggi uch oyda 500000 evrodan 3,5 million evroga ko'tarildi.

Fikrlar