Galliani: "Torres "Milan"ni tark etmaydi"
15 dek 2014 17:18
Yangiliklar


Galliani: "Torres "Milan"ni tark etmaydi"
"Milan" vice-prezidenti Adriano Gallianining so'zlariga ko'ra, milanliklar safida ijara asosida to'p tepayotgan Fernando Torres qishda Angliyaga qaytib ketmaydi.
"Kechagi g'alabamiz "Napoli"ning rejalarini qanchalik o'zgartirib yuborganini bilmayman, ammo jamoamiz uchinchi o'rin uchun kurashga qo'shildi. Maqsadimiz - CHempionlar ligasiga qaytish. Agar bu vazifasini eplay olmasak, qolganini o'ylab ko'ramiz. Torres? U "Milan"ni tark etmaydi" - deydi Galliani.

Fikrlar