Galliani Milannni tark etib, Guanchjouga o'tishi mumkin
01 apr 2014 08:57
Yangiliklar


Galliani Milannni tark etib, Guanchjouga o'tishi mumkin
"Milan" jamoasi vice-prezidenti Adriano Gallini Xitoyning "Guanchjou Evergrand" jamoasi direktorlar kengashidan taklif oldi.
Ushbu g'oya Gallianining 69 yoshli vatandoshi, ayni paytda ushbu jamoada bosh murabbiy bo'lib faoliyat yuritayotgan Marchello Lippidan chiqqan.
Malumotlarga qaraganda, 16 aprelda "Milan" direktorlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tadi va unda Gallianining taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Fikrlar