Galim Bersugurov "Paxtakor"ga o'tishi mumkin
12 jan 2016 22:56
Yangiliklar
Galim Bersugurov "Paxtakor"ga o'tishi mumkin
Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi tarbiyalanuvchisi Galim Bersugurov faoliyatini Toshkentning "Paxtakor" klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda "Vesti.kz" nashri.
Galim Bersugurov markaziy himoya va o'rta chiziqda o'ynaydigan universal futbolchi hisoblanadi. Ushbu futbolchini "Paxtakor" jamoasi ko'rikka chaqirgan. Agarda futbolchi mashg'ulotlarda o'zini yaxshi taraflama ko'rsata olsa, unda "sherlar" Galim Bersugurov bilan shartnoma imzolashlari mumkin bo'ladi.
22 yoshli futbolchi Galim Bersugurov asosan "Qayrat" yoshlar jamoasida, Qozog'istoning birinchi ligasida ishtirok etadigan "Ile-Sauleta" va "Jetisu-Sunkara" jamoalarida o'ynagan.
Fikrlar