"Galaktika qo'riqchilari" futbolchilar ishtirokida
02 may 2017 12:43
Yangiliklar
"Galaktika qo'riqchilari" futbolchilar ishtirokida
Filmdagi asosiy qahramonlar roliga Evropaning etakchi posbonlari qo'yildi.
Piter Kvill - Mark-Andre ter SHtegen

Xushchaqchaq, kelishgan va bo'yi uzun ter SHtegen o'z ishini doimo ishonch bilan bajaradi. Ammo yulduzli Lordning xaddan tashqari o'ziga ishonib yuborishi xatolarga sabab bo'lishi mumkin, biroq u xatolarini to'g'irlab, kerakli xulosa chiqaradiganlardan.
Tanos - Janluiji Buffon

U 40 yoshda, biroq u hali hamon kuchli. Buffon Tanos kabi, katta tajriba va muvaffaqiyatga intilish qobiliyatiga ega va bu narsa har qanday kuchli hamda aqlli raqibga jiddiy to'siq bo'lish imkonini beradi. Unga past baho bersangiz, siz mag'lub bo'lishingiz aniq.
Draks - Tim Xovard

His-tuyg'ularga boy, doimo haqiqatni gapiradigan va bazida g'azab otiga minadigan qo'riqchi. Tim Xovardi xatto Draksdan ham kuchliroq qahramonga aylangan bo'lardi.
Grut - Tibo Kurtua

Kurtua ko'p gapirishni yoqtirmaydi. U o'z kuchini mahorati, harakatlari bilan ko'rsatadi. Kerakli paytda u doimo do'stlariga yordam beradi.
Gamora - David de Xea

David de Xea nima qilayotganini payqash uchun sizga slou-moushn kadr kerak bo'ladi. U shu erda! Orqada! Hamma erda! Gamora kabi refleksga ega de Xea har qanday o'qdan sizni qutqarib qolishi mumkin. Boshqalar maqtovlarni eshitadi, ammo qahramon kim ekanligini biz yaxshi bilamiz.
Nebula - Manuel Noyer

Noyer Nebula kabi iqtidorli strateg. U tozalash ishlarini maksimal darajada yaxshi bajaradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar