Gabriel Milito iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
20 dek 2016, 18:45
Argentinaning "Independente" klubi bosh murabbiyi Gabriel Milito iste'foga chiqarildi.

Gabriel Milito jamoani shu yilning mayida qabul qilib olgan edi. "Independente" 36 yoshli mutaxassis qo'l ostida Argentina chempionatining 14 uchrashuvida 6 ta g'alabaga erishdi va 4 ta bahsda mag'lub bo'ldi.

"Bu jamoada o'tkazgan vaqtimni doimo eslayman, ammo ketish vaqt keldi. "Independente" natijalarini yaxshilay olmasdim. Ushbu imkoniyat uchun minnatdorchilik bildiraman" - deydi Milito.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com