So’nggi yangiliklar

22:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси назорат ўйинида Қатарга мағлуб бўлди  3 21:47Уилфрид Заҳа МЛС клубига ўтди  1 21:24ОКМК назорат ўйинида "Урал" билан дуранг ўйнади  0 21:05Максим Шацкихнинг ёрдамчилари "Пахтакор" академиясида иш бошлади  5 20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0 20:32Расман: Драган Черан “Насаф”га қайтди  8 20:03Расман: Тимур Кападзе - Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи!  207 19:54Эшитдик-да! "Локомотив" билан 10 декабрь куни шартнома тузган футболчи жамоани тарк этди  2 19:20Here we go! "Манчестер Сити" сардори "Милан"га ўтмоқда  11 18:42"Барселона" устози: "Қачондир бундай камбэкни бошдан ўтказганман деб ўйламайман"  7 18:02Расман: "Қизилқум" черногориялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  1 17:33ПСЖ футболчиси Моуриньюнинг қўнғироғи сабаб Англияга эмас, Туркияга кетмоқда  3 16:59"Барселона" футболчиси 5:4 ҳақида: "Бу фаолиятимдаги энг даҳшатли ўйин"  25 16:31Сречко Катанец: "Терма жамоада нималар қилганимизни ва қандай ютуқларга эришганимизни билишингиз керак"  64 16:05Ҳусановнинг агенти: "Биз билан АПЛнинг 12 клуби алоқага чиқди"  15

Gabriel Barboza: Eng kuchli ligalar Evropada Yangiliklar

Gabriel Barboza: Eng kuchli ligalar Evropada

Braziliya - iqtidorlar o'lkasi, desak mubolag'a bo'lmas. So'nggi paytlarda Santos klubi istedodli futbolchilarni etishtirish borasida etakchilik qilmoqda.

Robino, Neymar... mana endi Gabriel Barboza yoki oddiy qilib aytganda - Gabigol. Yaqinda 19 yoshli futbolchi FourFourTwo nashriga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbat bilan tanishishingiz mumkin.

- 19 yoshingizda Braziliya futbolining asosiy yulduzlaridan biriga aylandingiz. Buni qanday uddaladingiz?

- Hozircha barchasi tez amalga oshmoqda. Tasavvur qiling, 16 yoshimdan buyon professional futboldaman... Dastlab Santosda meni hadeganda maydonga tushiraverishmasdi. Lekin imkoniyat tug'ilsa, undan 100 foiz foydalanishga harakat qilganman. Santosdagi birinchi golimni urganimdan keyin esa menga bo'lgan etibor ortdi. O'zimga ishonchim oshdi. Ayni payt jamoaning asosiy o'yinchisiga aylanganimdan mamnunman.

- Gabigol laqabi o'zingizga yoqadimi?


- Albatta, yoqadi. Axir hujumchining ismida gol degan qo'shimcha bo'lsa yomonmi? Bu laqab bolaligimda futzal o'ynab yurganimda ham bor edi. Jamoamizda Gabriellar ko'pligi tufayli bir-birimizdan ajratish uchun nimadir qilishga to'g'ri kelgan. Men esa ko'proq gol urardim. SHundan so'ng Gabigol laqabi kelib chiqdi. Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda ham shu nom bilan sahifa ocha boshladim.

- Futboldagi asosiy kumiringiz kim?

- Krishtianu Ronalduning ashaddiy muxlisiman. U hech qachon taqdirga tan bermaydi, hamisha jamoaga yordam berishga intiladi va har qanday vaziyatda gol urishi mumkin.

- Angliya matbuotida sizni Yangi Neymar deb atashmoqda. Bunga munosabatingiz qanday?

- Albatta, bu yoqimli. Lekin bizni solishtirib bo'lmaydi. U Evropada o'ynayapti, jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Menga hali yo'l bo'lsin. Umuman olganda, o'z tariximni yozmoqchiman. Umid qilamanki, qachonlardir Neymar chiqqan cho'qqiga ko'tarilaman. Bu - mening orzum.

- Braziliya olimpiya termasidan joy oldingiz. Jamoada Neymar bilan o'ynashni istagandirsiz?

- Ha. Santosda uning yonida to'p surish nasib qilmadi. To'g'ri, bir marta taxminan 20 daqiqa maydonda birga bo'lganmiz. Santosdagi debyutim uning xayrlashuv uchrashuviga to'g'ri kelgan. Neymar bilan birga o'ynash men uchun faxr.

- Siz uchun Olimpiadaning oltin medali qanchalik ahamiyat kasb etadi?

- Braziliya uchun bu katta natija. CHunki termamizga aynan shu sovrin etishmayapti. Barchaning maqsadi - oltin medallar. Buning ustiga, musobaqa o'z maydonimizda o'tmoqda. Ushbu jamoadan joy olganimdan xursandman. Endilikda Olimpiya chempionligini orzu qilyapman.

- Bu yil Xitoydan tushgan taklifni rad etganingiz to'g'rimi?

- Darhaqiqat, chin o'lkasidan ajo­yib taklif tushdi. Lekin hali vaqt erta, deb hisobladim. Eng kuchli ligalar Evropada. Bunga shubha yo'q. Maqsadim - ko'hna qitada o'ynash.

- Angliya premer-ligasi haqida qanday fikrdasiz?

- U erda tezkor va jismoniy futbol birinchi o'rinda turadi. APL o'yinlarini tomosha qilish yoqimli. Oldinlari Inglizlar chiroyli futbol namoyish qilishmaydi qabilidagi gap-so'zlar yurardi. Lekin hozir unday emas. Ishonchim komil, Angliya premer-ligasiga muammosiz moslashib ketgan bo'lardim.

- Braziliya termasining yangi ustozi Tite haqida qanday fikrdasiz?


- U klub darajasida ajoyib ishlarni amalga oshirdi. Tite ushbu lavozimga munosib. Balki hozir Braziliya milliy jamoasi o'zining omadsiz davrini o'tkazayotgandir. Lekin men Selesao yangi avlodining bir bo'lagi bo'lganimdan xursandman. Termamizning JCH-2018ga chiqishida yordam berishni istayman.
 

JA'FARALI tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика