So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Futzalchilarimiz Osiyo chempionati yo'llanmasi uchun Bishkekka jo'nab ketishdi Yangiliklar

Futzalchilarimiz Osiyo chempionati yo'llanmasi uchun Bishkekka jo'nab ketishdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi biroz oldin Osiyo chempionati saralashida qatnashish uchun Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahriga jo'nab ketdi.

Safar oldidan terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bilan qisqacha suhbatlashdik.

"Bishkekdagi saralashga yaxshi tayyorlandik. Toshkentda Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bilan ikki marta va Turkmaniston bilan bir bor o'rtoqlik uchrashuvlari orqali so'nggi tayyorgarlikni o'tkazdik. Yakuniy tarkibga Rustam Umarovning kiritilmaganiga kecha uning onasi vafot etdi. SHu bois bunday vaziyatda Rustamni xorijga olib keta olmasdik. Fursatdan foydalanib unga va uning oilasiga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiraman. Sunnatilla Jo'raev va Xushnur Erkinovda esa jarohat bor. SHu bois ularni Bishkekka olib borishdan mano ko'rmadim va ularning o'rnini yosh futzalchilar bilan to'ldirdim", - dedi Bahodir Ahmedov.

Eslatib o'tamiz, qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi guruh bosqichida Tojikiston, Afg'oniston va Nepal terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

Uchrashuvlar 10-12-aprel kunlari o'tkaziladi. Vakillarimiz ushbu bosqichdagi ishtirokini 10 aprel kuni Nepal terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Osiyo chempionati saralashiga yo'l olgan yakuniy tarkibimiz:
Darvozabonlar:

Ravshan Eliboev ("Kaspiy", Qozog'iston)
Abbos Elmurodov ("Xuaxin-Jizzax")

Futbolchilar:
Ixtiyor Ropiev ("Xuaxin-Jizzax")
Mashrab Odilov ("Lokomotiv")
Anasxon Rahmatov ("Xuaxin-Jizzax")
Ilhom Hamroev ("Xuaxin-Jizzax")
Husniddin Nishonov ("Xuaxin-Jizzax")
Dilshod Rahmatov ("Xuaxin-Jizzax")
Davron CHoriev ("Xuaxin-Jizzax")
Hayrulla Solixov ("Bunyodkor")
Elbek To'lqinov ("Xuaxin-Jizzax")
Davlat Ibragimov (AGMK)
Akbar Usmonov ("Lokomotiv")
Muzaffar Ahadjonov (AGMK)







Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика