So’nggi yangiliklar

07:52Париж-2024. Мартанинг сўнгги учрашувида Бразилия финалда АҚШга мағлуб бўлди  1 07:2511 август куни Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)   3 04:53Рўзиқул Бердиев: "Бугун олти очколик ўйин бўлди, аммо "Пахтакор"ни ҳисобдан чиқариб бўлмайди"  5 01:50Максим Шацких: "Декабрь ойида барчасини сарҳисоб қиламиз. Ўйинни назорат қилдик ва рақибга имконият бермадик"  21 01:40МЮ "Атлетико" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:24Мората "Милан"га ўтиши ҳақида гапирди  0 01:07"Наполи" ҳатто Осимхен қолса ҳам, Лукаку билан шартнома имзоламоқчи, аммо 30 млн евродан қимматига эмас  0 00:40"Барселона" "Челси" ўйинчисининг трансфери устида ишламоқда  1 00:20Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 00:15Стерлинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0 00:04РПЛ. ЦСКА 90+1 дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб "Краснодар"га мағлуб бўлди  9 23:45Дибала Саудиянинг учинчи клубидан ҳам таклиф олди, аммо...  1 23:21"Барселона" футболчиси "Ювентус"га йўл оладими?  0 22:53"Ливерпуль" ўз ўйинчисини 20+7,5 млн фунтга сотади  2 22:45Суперлига. "Насаф" - "Пахтакор" 1:0  4

Futzal. Xose Mariya Mendez: "Jahon chempionatiga chiqib millionlab muxlislar orzusini amalga oshirmoqchimiz" Yangiliklar

Futzal. Xose Mariya Mendez: "Jahon chempionatiga chiqib millionlab muxlislar orzusini amalga oshirmoqchimiz"

Teglar :  Futzal
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'FA ijrochi direktori Rustam Tolibjonov, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez, terma jamoa yordamchi murabbiyi va jamoa sardori Artur Yunusov ishtirok etishdi.


"Osiyo chempionatida ishtirok etadigan deyarli barcha terma jamoalar Toshkentga etib keldi. Ularga barcha sharoitlarni yaratib berayapmiz. Vetnam terma jamoasi O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkazishga ulgurdik. "O'zbekiston" va "Universal" sport markazlari musobaqaga tayyor holatga keltirildi", - deydi O'FA ijrochi direktori Rustam Tolibjonov.


- Osiyo chempionatida 14 nafar futzalchi o'ynaydi. Har bir chiziqqa nechtadan nomzod bor edi?

Xose Mariya Mendez: - O'tgan yil yig'in boshlaganimizda 35 nafar futzalchi bor edi, Gruziya va Qirg'iziston bilan o'yinlarda 25 nafar futzalchini sinab ko'rdik. Osiyo chempionatiga yaqin qolganida 17 nafar o'yinchi qoldi. Oldingi qoidaga ko'ra 16 nafar futzalchini ro'yxatdan o'tkazmoqchi edik. Ammo reglamentda 14 nafar futzalchi kiritilishi mumkin ekan.


- Jamoadagi raqobat qanchalik kuchli?

Artur Yunusov: - Albatta terma jamoada raqobat juda kuchli. Barcha yigitlar muhim musobaqaga tayyor holatda etib kelishayapti.


- Xitoy klubida o'ynaydigan SHuhrat Tojiboevning ro'yxatga kira olmay qolgani nima bilan bog'liq?

Xose Mariya Mendez: - U barcha yig'inlarda qatnashdi. 4 yanvarda boshlangan yig'inda u jarohat oldi. 2 hafta tiklanishga vaqt kerak edi. SHu bois ham SHuhratni Osiyo chempionati ro'yxatiga kirita olmadik.


- Terma jamoa Osiyo chempionatiga qadar 17ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. 6ta g'alaba, 3ta durang va 8ta mag'lubiyat qayd etildi. Ulardan 4tasi Qozog'istondan qabul qilindi. Bu sizni tashvishga solmayaptimi? Bundan tashqari jamoada yoshi katta futzalchilar ko'p emasmi? Ular Osiyo chempionatida charchab qolishmaydimi?

Xose Mariya Mendez: - Bu biz uchun muammo emas, ular o'rtoqlik uchrashuvlari. Oldimizda ikkita yo'l turgandi. Kuchiz raqiblar o'ynab ularni mag'lub etish yoki kuchli raqiblar bilan o'ynab tajribamizni oshirish. Qozog'iston juda kuchli jamoa hisoblanadi, Belarus bilan ikkita o'yin o'tkazdik. Bundan tashqari "Qayrat" Evropa chempioni hisoblanadi. SHu bois kuchli raqiblar bilan o'yinda yigitlar katta tajriba to'plashdi.

Ikkinchi savolga kelsak tarkibimizda Ilhom Hamroev kabi yosh futzalchi bor. U 18 yoshda va kelajagi bor. Tajribali futzalchilarning jismoniy holatidan qoniqayapman. Biz hech qachon Jahon chempionatiga yo'llanma ola bilmaganmiz. O'z uyimizda bunday imkoniyatdan foydalanishga urinib ko'ramiz.


- Siz bir necha yildan buyon terma jamoada faoliyat olib borayapsiz. Tayyorgarlikdan ko'nglingiz to'ldimi?

Bahodir Ahmedov: - Albatta tarkibimiz kuchli o'yinchilardan iborat. Bir qator futzalchilar Osiyo chempionatlarida qatnashishgan va sovrindor ham bo'lishgan. Artur Yunusov, Javlon Anorov va Nodir Eliboev kabi tajribali o'yinchilar yoshlarni o'z ortlaridan ergashtira olishadi.


- Guruhdagi raqiblar qanchalik o'rganildi?

- Xose Mariya Mendez: - Bizning guruh oson ham emas, qiyin ham emas. Saudiya Arabistonida xalqaro o'yin amaliyoti kam. Ammo tarkibda individual kuchli va tezkor o'yinchilar ko'p. Qirg'iziston ham kuchli raqib. Ularga qarshi o'tgan Osiyo chempionatida guruhda o'ynagandik va 2:2 hisobida durang o'ynagandik. Livanni guruhimizga tushishini istamagandim. Ularga qarshi o'ynash yoqmaydi. Sababi ularning safida bo'ydor va jismonan kuchli futzalchilar bor. Guruhda birinchi o'rinni olsak katta ehtimol bilan chorak finalda Eronga qarshi to'qnash kelib qolmaymiz.


- Qatardagi Osiyo chempionatida U23 terma jamoamiz bilan bo'lib o'tgan voqea sizlarga maktab bo'ldimi. Yani futbolchilarning ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar bilan gap talashish...

Rustam Tolibjonov: - Juda to'g'ri savol bo'ldi. CHempionat o'z uyimizda bo'layapti. Futzalchilarning ruhiy holati juda yaxshi deya olaman. Murabbiylar shtabiga ikki nafar yangi mutaxassis keldi. Bunday voqea sodir bo'lmasligini oldini olib qo'yganmiz.


- Muxlislar bilan ishlash borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

Rustam Tolibjonov: - Barcha muxlislarga eshiklarimiz ochiq. OFK bilan kelishilgan holda musobaqaga kirish bepul qilib belgilandi. Kelinglar va jamoamizni qo'llab quvvatlang. Yigitlarga sizlarning ko'magingiz kerak. OAV orqali musobaqa haqida deyarli har kuni malumot berib borilmoqda.



- Osiyo chempionati yangi to'plarda o'ynaladi. Biroq O'zbekiston terma jamoasida hamon bunday to'plar yo'q. Vetnam va Xitoy Taypei o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida aynan shu to'plardan foydalanildi...
Rustam Tolibjonov:
- OFK har bir jamoaga to'plarni taqdim etishi kerak. Biz bu masalani anchadan buyon ko'tarib kelayapmiz. Hozirga qadar OFK to'plarni yuborgani yo'q. Yaqin ikki kun ichida to'plar bizning ixtiyorimizga etib kelishi kerak. Vetnam Osiyo chempionati saralashida qatnashgan. Balki bu to'plar aynan o'sha saralashda foydalanilgan to'plardir.


- Bosh murabbiy o'z faoliyati haqida gapirib bersin.
Xose Mariya Mendez:
- Futzal faoliyatimni juda vaqtli tugatganman. 23 yoshda murabbiylik faoliyatimni boshlaganman. 6 yildan buyon Osiyoda ishlab kelayapman. O'zbekiston va Tailandning "CHonburi" klubida ishlaganman. Evropada Ispaniya chempionatida ishlaganman. Bu Jahonning eng kuchli ligalaridan biri hisoblanadi. Ispan klubi bilan UEFA kubogini qo'lga kiritganman. "CHonburi" bilan birga Osiyo chempionlar ligasida g'olib bo'lganman. O'zbekiston bilan Jahon chempionatiga yo'llanma olish va millionlab muxlislar orzusini ushalishiga harakat qilaman.


- Kecha futzal bo'yicha Evropa chempionati doirasidagi o'yinda Qozog'iston ilk daqiqalardan o'ynovchi darvozabon bilan o'ynashadi. Nega O'zbekiston kuchsizroq raqiblarga qarshi shunday qilmaydi. Faqat so'nggi daqiqalarda bundan foydalanishadi.

Xose Mariya Mendez: - Sababi oddiy, Qozog'istonda Igita bor, bizda Igita yo'q. Bazi jamoalarda 5 nafar o'yinchi bilan o'ynash yaxshi chiqadi, bazilarda esa bu aksincha bo'ladi. Bu taktikaga bog'liq holat. Ko'plab terma jamoalarda o'ynovchi darvozabon rolini yaxshi bajara oladigan futzalchilar yo'q.


- Bir oy qolganda ikki nafar yangi murabbiy olib kelindi. Kech emasmi?
Rustam Tolibjonov:
- Bu Xose Mariya Mendezning taklifi bilan amalga oshirildi. Bosh murabbiy 1 oy etarli fursat deb hisobladi va biz ikki nafar yangi murabbiy bilan shartnoma tuzdik.

- Futzalchilarni moliyaviy rag'batlantirish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?
Rustam Tolibjonov:
- Albatta vazifa bajarilsa barcha futzalchilar rag'batlantiriladi. Bundan tashqari OFK ham moliyaviy mukofotlarni taqdim etadi. Ammo menimcha barcha o'yinchilar hayolida Jahon chempionatiga yo'llanma olish va xalqimizni xursand qilish bo'lsa kerak. Barchamizning maqsadimiz shunday.


- 2012 yilgi Osiyo chempionatida ham O'zbekiston murabbiyi bo'lib ishlagandingiz. O'sha terma jamoada nima o'zgardi?

- Mening fikrimcha 4 yil oldingi jamoadan ancha kuchliroq. O'shanda ishimni endi boshlagandim. Terma jamoadagi faoliyatim tugagach Bahodir Ahmedov davom ettirib keldi. O'ylashimcha hozirgi jamoa meni ancha yaxshi tushunadi va ulardan nima xohlayotganimni biladi. Jamoaga yangi futzalchilar qo'shildi. Federaciyaga katta rahmat aytmoqchiman. Tayyorgarligimiz alo darajada tashkil etib berildi. Istagan futzalchilar jamoaga jalb etildi va kerakli raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Bizga kerakli bo'lgan ishlar amalga oshirildi. Barchasi o'zimizga bog'liq. Agar terma jamoa JCHga chiqa olmasak barcha ayb bizda bo'ladi. Lekin O'zbekiston xalqai uchun bor kuchimiz bilan mundial yo'llanmasiga ega chiqishga harakat qilamiz.


Narzulla Saydullaev yozib oldi
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика