Futzal. Xorazmlik bank xodimlari yarim final dovonidan o'tishdi
13 may 2014 10:20
Yangiliklar
Futzal. Xorazmlik bank xodimlari yarim final dovonidan o'tishdi
Urganch shahrida mini futbol bo'yicha bank muassasalari xodimlari o'rtasida o'tkazilayotgan mini futbol bo'yicha Xorazm viloyati birinchiligining yarim final bahslari ortda qoldi.
O'tgan shanba kuni musobaqaning chorak final o'yinlari o'tkazildi. Unda quyidagi natijalar qayd qilindi.
Aloqa bank – Savdogar bank -2:1,
Agrobank – Xalq banki - 2:2 (penalti bo'yicha 4:2 ),
Hamkorbank – Qishloq qurilish bank - 6:3,
Milliy bank – Ipoteka bank - 9:3.
Yakshanba kuni bo'lib o'tgan yarim finalning dastlabki o'yinida “Milliy bank” va “Aloqa bank” jamoalari maydonga tushishdi. “Final oldidagi final” maqomini olgan ushbu uchrashuv keskin kurashlar ostida o'tganligini takidlash joiz. Bu o'yinda qaysi jamoaning g'alaba qozonishini bashorat qilish juda mushkul edi. Teng kuchli jamoalar o'zaro ro'para kelishgandi. Murosasiz kechgan uchrashuvda “Aloqa bank” mini futbolchilari 3:2 hisobida zafar quchishdi va finalda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Yarim finalning ikkinchi o'yinida “Hamkorbank” vakillari “Agrobank”ni 6:3 hisobida dog'da qoldirishdi.
Demak, shanba kuniga belgilangan 3-o'rin uchun bo'ladigan bellashuvda “Milliy bank” va “Agrobank” jamoalari uchrashsa, Xorazm viloyati chempionligi uchun “Aloqa bank” va “Hamkorbank” jamoalari o'zaro kuch sinashadigan bo'lishdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.

Fikrlar