Tanqidlar yomg'iri ostida qolayotgan Grilish "Manchester Siti"dan ketishi mumkin
21 jan 2025 20:35
Yangiliklar
Tanqidlar yomg'iri ostida qolayotgan Grilish "Manchester Siti"dan ketishi mumkin
Yarim himoyachiga Evropaning top-chempionatlaridan qiziqish bor.
29 yoshli futbolchi "shaharliklar"da kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda, shu bois ham matbuotda uning ketishi mumkinligi haqida tinimsiz gap-so'zlar yuribdi. "The Sun" xabariga ko'ra, Jek Grilishga "Inter" va "Borussiya" Dortmund jamoalari davogarlik qilmoqda.
Hujumkor xavbekning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali angliyalik futbolchining narxini 45 mln evroga baholamoqda.
Manchesterliklar Grilishni 2021 yilning yozida "Aston Villa"dan 117,5 mln evro evaziga sotib olgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar