So’nggi yangiliklar

00:30Кападзе: "Кечирасизлар, лекин интернетда ёзилаётган нарсалар барчага таъсир қилмоқда"  0 00:09"Реал" — "Мальорка". Таркиблар маълум  6 23:37"Тулуза" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 23:35Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда мағлубиятга учради, Ўринбоев захирадан ўйинга қўшилди  1 22:40"Галатасарой" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  4 22:37Гарначо 40 млн фунт эвазига янги клубига ўтди  4 22:11Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Алавес"ни юта олмади. Симеоне жамоаси уч ўйинда 2 очко жамғарди  2 22:09Ровшан Мередов: "Бундай турнирлар орқали нималар қўшишимиз кераклигини кўриб оляпмиз"  8 22:00Қирғизистон бош мураббийи: "Майдон ҳолати сифатли футбол кўрсатишга йўл қўймади"  7 21:55CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон — Ўмон 1:1   27 21:32"CAFA Nations Cup-2025" Ўзбекистон илк ўйинда Кейруш бошчилигидаги Ўмонни юта олмади  369 21:23АПЛ. "Тоттенхэм" кутилмаганда ўз майдонида "Борнмут"га мағлуб бўлди, МЮ эса автогол ва пенальти эвазига "Бёрнли"дан устун келди  11 20:57БАА Лига кубоги. "Ал Наср" ва "Ал Батаэҳ" 1/8 финалнинг илк ўйинида ўзаро дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  7

Futzal va sohil futboli ommaviyligini yanada oshirishga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi Yangiliklar

Futzal va sohil futboli ommaviyligini yanada oshirishga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  PFL
O'zPFL binosida Futzal masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

Unda O'zPFL mutasaddilari, O'FA vakillari, futzal bo'yicha mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi, milliy chempionat oliy va birinchi liga jamoalarining bosh murabbiylari ishtirok etdi.

Yig'ilishda bir qator masalalar ko'rib chiqildi. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati sanasining ehtimoliy cho'zilishidan kelib chiqib, taqvimning keyingi qismini shunga moslash masalasi muhokama etildi. SHuningdek, kelasi mavsum shu yilning sentyabr oyidan etiboran start olishiga kelishib olindi.

O'zPFL futzal chempionatning navbatdagi tur o'yinlari sanasi va manzilini tez orada elon qiladi. Unga qadar esa klublar 4-24 yanvar oralig'ida qishki transfer oynasidan foydalanib olish imkoniga ega bo'ladi.

Mamlakatimizda futzalni rivojlantirish birgina formatni o'zgartirish bilan amalga oshib qolmaydi. Buning uchun shu soha infratuzilmasini kuchaytirish, klublarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, marketing sohasiga professional nuqtai-nazar bilan yondoshish talab etiladi. O'zPFL bu borada sezilarli qadamlarni tashladi. Ortda qolgan mavsumda chempionatning bir qator turlari Sport-TV orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatildi. Bu bilan futzal ommabopligi oshishiga hissa qo'shildi. Futzal musobaqalarini o'tkazish hozircha Toshkent, Olmaliq va Jizzax bilangina cheklanib qolinyapti. O'zPFL bu ro'yxatga bosqichma-bosqich Xorazm, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Farg'ona va Namangan hududlarini qo'shish harakatida. Sababi, futzal ommabopligining oshishi uchun uni faqatgina malum nuqtadagina o'ynash kifoya qilmaydi.

O'zPFL, shuningdek, sohil futboli sport turini qayta tiklash masalasida ham izlanish olib boradi. Yozgi transfer oynasi vaqtida sohil futboli musobaqalarini o'tkazish uchun yaxshi imkoniyat bor. Endilikda mana shu imkoniyatlardan foydalanish ustida ham ish olib boriladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика