So’nggi yangiliklar

13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  0 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  4 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  0 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  3 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  19 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  7 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  18 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  37 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2

Futzal: Uchta gol O'zbekistonni mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi Yangiliklar

Futzal: Uchta gol O'zbekistonni mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi

Eron hamda O'zbekiston futzal terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi eronliklarning g'alabasi bilan yakunlandi, ammo bu safar Osiyoning amaldagi chempioni avvalgi bahsdan ko'ra qiyinroq g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Farhod Tavakkolining aniq zarbasi tufayli eronliklar hisobni ochishdi. 7-daqiqada Eron terma jamoasi tezkor qarshi hujumni o'tkazib yuborishdi. Farhod Abdumavlonov hisobni tenglashtirdi.

Ikki daqiqa o'tar-o'tmas Eron terma jamoasi yana oldinga chiqib oldi. O'zbekiston terma jamoasi futzalchilarining qo'pol xatosidan so'ng, Hussayn Toyibi qiyinchiliksiz gol urdi.

16 daqiqada futzalchilarimiz standart ishlab olishdi va undan Davron CHoriev unumli foydalandi - 2:2.

Birinchi bo'lim yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Qudrat Bahodorining aniq va kuchli zarbasini Rustam Umarov bartaraf eta olmadi. Jamoalar tanaffusga 3:2 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limning deyarli yarmi gollarsiz o'tdi, ammo bahsning 29-daqiqasida Hussayn Toyibi eronliklarning to'rtinchi goliga mualliflik qildi va yana bir bor Osiyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri ekanligini isbotladi.

33-daqiqada bahsdagi eng chiroyli gol urildi va o'sha to'p eronliklar darvozasiga kirib ketdi. Javlon Anorov maydon markazidan raqib darvozasi tomon kuchli zarba berdi va raqib jamoa posboni qimirlashga ham ulgurmadi.

Uchrashuv yakunlanishiga bir daqiqa qolganda eronliklar O'zbekiston terma jamoasining hujumini yo'qqa chiqarishga muvaffaq bo'lishdi. O'sha paytda hamyurtlarimiz o'ynovchi darvozabon bilan harakat qilishayotgan edi. Mahdi Javid bo'sh darvozani nishonga olishga qiynalmadi.

Javidning bu gol uchrashuv taqdirini hal qildi, ammo so'nggi daqiqada Mahdi dubl qayd etdi va natijada, Eron 6:3 hisobidagi g'alabaga erishdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
29.08.2016, Mashhad, Eron

Eron - O'zbekiston 6:3 (3:2)
Gollar:
Farhod Tavakkoli (2), Xussayn Toyibi (9, 29), Qudrat Bahodori (19), Maxdi Javid (39, 40) – Farhod Abdumavlonov (7), Davron CHoriev (16), Javlon Anorov (33).

Eron
Darvozabonlar
: 2.Alirizo Samimi, 1.Sapexr Muhammadi;
O'yinchilar: 3.Javad Esfandiari, 4.Muhammad Keshavarz, 5.Hamid Ahmadi, 13.Farhod Tavakkoli, 17.Said Afshar, 6.Muhammad Reza Sangsefidi, 8.Qudrat Baxodori, 12.Ahmed Ismoilpur, 11.Afshin Kozimi, 10.Muhammad Tohiri, 16.Mexran Alixadr, 7.Said Abbosi, 14.Maxdi Javid, 15.Hussayn Toyibi, 9.Bexruz Jafari, 18.Muhammad SHadjari.

O'zbekiston
Darvozabonlar
: 1.Rustam Umarov, 12.Akmal Xazratqulov;
O'yinchilar: 3.Nodir Eliboev, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov, 10.Javlon Anorov, 7.Dilshod Rahmatov, 2.Dilshod Irsaliev, 8.Farhod Abdumavlonov, 13.Feruz Faxriddinov, 4.SHuhrat Tojiboev, 5.Davron CHoriev, 6.Mashrab Odilov, 9.Ilhom Hamroev.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика