Futzal. U-20 Osiyo chempionati. O'zbekiston U-20 terma jamoasi Livan bilan durang o'ynadi
19 may 2017 13:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/254287_original.jpg)
![](/upload/storage/254287_220.jpg)
Futzal. U-20 Osiyo chempionati. O'zbekiston U-20 terma jamoasi Livan bilan durang o'ynadi
O'zbekiston U-20 terma jamoasi bugun Livan yoshlariga qarshi o'yin o'tkazishdi. Gollarga boy o'tgan bellashuvda g'olib nomi aniqlanmadi. Avvaliga, livanliklar uch bor hisobda oldinga o'tib olishdi. Lekin, har safar vakillarimiz muvozanatni o'nglay olishdi. Keyinchalik, Xusniddin Nishonovning goli evaziga 4:3 hisobida biz oldinga o'tib olgan edik. Ammo, o'yin davomida biz uch marotaba uddalagan ishni livanliklar ham eplashdi. Yakuniy hisob - 4:4.
Ushbu durangdan keyin yoshlarimiz guruhdagi peshqadamlikni saqlab qolishdi.
U-20 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 4-tur
"Bangkok Arena", 19.05.2017
Livan U-20 - O'zbekiston U-20 4:4
Gollar: G.El Huri 12, S.Kukezian 17, 38, H.Albaba 18 - M.Saber 15 (avt.), A.Usmonov 17, X.Nishonov 25, R.Ismatullaev 31
Livan U-20 (birinchi beshlik): 1.Karim Jouedi, 3.Hussein Albaba, 6.Serge Kuyumjian, 8.Stiv Kukezian, 9.Muhammad Hammud.
Zaxira: 2.Ramzi Dumani, 4.Yozef Alsebali, 5.Nabih CHarbel Harfuch, 7.Hassan Alam, 10.Ali Hachem, 11.Mishel Saber, 12.Georgio El Huri, 13.Viktor Hanna Gerges, 14.Jamal Selvan.
O'zbekiston U-20 (birinchi beshlik): 12.Sunnatjon Anvarov, 7.Ilhomjon Hamroev, 11.Xushnur Erkinov, 13.Akbar Usmonov, 14.Said Rizo Mirsharofov.
Zaxira: 1.Mirislom Miraliev, 2.SHohjahon SHonazarov, 4.Asli Muhammadiev, 5.Olimjon Vohidov, 6.Mehroj Xudoyberdiev, 8.Xusniddin Nishonov, 9.Ravshan Ismatullaev, 10.Doniyorbek Tohirov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga 5-tur doirasida Qatar yoshlari bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11:00da
boshlanadi.
Guruhimizda ayni paytda turnir jadvali quyidagicha ko'rinish olgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar