Futzal. U-20 Osiyo chempionati. O'zbekiston birinchi savatchadan joy oldi
20 fev 2017 13:39
Yangiliklar
Futzal. U-20 Osiyo chempionati. O'zbekiston birinchi savatchadan joy oldi
Qura tashlash marosimi Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo'lib o'tadi. Jamoalar 2016 yili Toshkentda bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida qayd etgan natijalariga qarab 5ta savatchaga ajratildi.
O'zbekiston U-20 terma jamoasi dastlabki savatchadan joy oldi. SHuningdek, ushbu savatchadan Eron, Tailand va Vetnam yoshlar termasi ham o'rin olgan
21 terma jamoa to'rtta guruhga bo'linadi. Bitta guruhda 6, qolgan uch guruhda 5tadan jamoa pley-off bosqichi uchun kurashadi. Guruhlarda 1–2-o'rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda o'tkaziladi.
1-savatcha: Eron, O'ZBEKISTON, Tailand, Vetnam.
2-savatcha: Yaponiya, Iroq, Qirg'iziston, Qatar.
3-savatcha: Livan, Saudiya Arabistoni, Xitoy Taypei, Tojikiston.
4-savatcha: Xitoy, Malayziya.
5-savatcha: Afg'oniston, Bahrayn, Bruney, Gonkong, Myanma, Mo'g'uliston, BAA.
Fikrlar