So’nggi yangiliklar

14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  41 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  15 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  6 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  7 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3

Futzal. "Tasisat Daryoi" tarkibi va klub haqida Yangiliklar

Futzal. "Tasisat Daryoi" tarkibi va klub haqida

Bugun Toshkent vaqti bilan 15:00da "Olmaliq" Eron chempioni "Tasisat Daryoi"ga qarshi o'ynaydi.

"Tasisat Daryoi" 2012 yilda tashkil etilgan. Jamoa ilk mavsumni Birinchi divizionda o'tkazgan va chempion bo'lib Super ligaga yo'l olgan. Elitadagi dastlabki mavsumida 10-o'rin bilan cheklangan klub keyingi ikki mavsumda mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.

Jamoaga ikki yildirki, Osiyo futzali afsonasi Vohid SHamsai o'ynovchi murabbiylik qilib kelmoqda. SHamsai o'tgan yili Osiyo chempionatining to'purari va eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan edi. Keyinchalik u, Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi futzalchisi deb topildi. "Tasisat Daryoi" esa 2015 yilda Eron va klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati chempioni bo'ldi. Bu natijalar samarasi o'laroq forslar Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi futzal jamoasi deb elon qilinishdi.


Jamoa o'yinchilari o'zlari qatnashgan oxirgi ikki katta musobaqada to'purar bo'lib kelishmoqda: Eron Super ligasining 2015-2016 yilgi mavsumida Asqar Hassanzoda 29 to'p kiritgan bo'lsa, 2015 yilgi klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Vohid SHamsai 10ta to'p kiritgan.



"Tasisat Daryoi" jamoasining tarkibi:

Darvozabonlar:
Mahdi Mostafai
Mustafa Nazari
Vohid Seifan

O'yinchilar:
Muhammad Keshavarz
Hamid Ahmadi
Muhammad Reza Sangsefidi
Ali Asqar Hassanzoda
Majid Raesi
Qudrat Bahadori
Mohsen Montazemi
Ali Bahadori
Abulqasem Orouji
Ali Ebrahimi
Vohid SHamsai
Said Ahmad Abbasi
Muhammad Zori

Ko'rib turganingizdek, "Tasisat Daryoi" oxirgi yillarda Osiyoda etakchilik qilmoqda. Bugungi o'yinda esa vakillarimizga omad tilab qolamiz.

Tolibjon Qosimov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика