So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  2 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  1 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  3 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  4 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1

Futzal. "Tashkent Cup-2014". O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham durang qayd etdi + FOTO Yangiliklar

Futzal. "Tashkent Cup-2014". O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham durang qayd etdi + FOTO

O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi Markaziy Osiyo derbisi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston - Qozog'iston 1:1
Gollar
: D.CHoriev 7 - K.CHebotaryov 35

O'zbekiston: 1.Rustam Umarov, 12.Akmal Xazratqulov, 4.SHuxrat Tojiboev, 15.Javlon Anorov, 14.Konstantin Sviridov, 13.Timur Sadirov, 10.Davron CHoriev, 6.Davron Abdurahmonov, 3.Sarvar SHoaxmedov, 5.Alan Aminov, 7.Dilshod Raxmatov, 8.Farxod Abdumavlonov, 2.Dilshod Irsaliev, 9.Andrey SHlema, 11.Artur Yunusov.

Qozog'iston: 1.Igita, 6.Leonardo Mendonsa, 7.Nikolay Pengrin, 11.Mixail Pershin, 15.Pavel Tako, 5.Serik Jamankulov, 8.Dinmuxambet Suleymenov, 9.Aleksandr Dovgan, 12. Alin Assilhan, 13.Sundetkali Mamaev, 14.Aleksey Lopatyuk, 16.Stanislav Kononenko, 17.Konstantin CHebotaryov, 18.Nurim Kenjebaev, 10.CHingiz Yassenamanov.

Ogohlantirishlar: Leo 15, A.Lopatyuk 18, Serik Jamankulov 36
CHetlatish: Serik Jamankulov 39



                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                      YANGILASH

Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb O'zbekiston terma jamoasi posboni Rustam Umarov tan olindi.

O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi bahs 1:1 hisobi qayd etildi.

40. O'YIN TUGADI!

39. O'zbekiston faqat hujumda o'ynamoqda!

39. Irsaliev! Yaqin masofadan noaniq zarba berdi!

39. Jamoamiz bir kishi ko'p o'ynamoqda, foydalanib qolish kerak!

39. ZARBA!!! Sviridov! Igita to'pni qaytardi.

39. CHingiz Yassenamanov SHuxrat Tojiboevni yiqitdi. Jamoamiz jarima to'pini amalga oshirishdi. Noaniq.

38. Qizil kartochka! Ikki daqiqa oldin sariq kartochka olgan Jamankulov Tojiboevga atayin zarba bergani uchun ikkinchi bor ogohlantirildi va qizil kartochka olib parketni tark etdi.

36. Serik Jamankulov ogohlantirildi.

Qozog'iston terma jamoasi darvozabonsiz o'ynashmoqda, aniqrog'i Igita oldinga chiqib o'yinchilarga yordam bermoqda.

34. Hozircha O'zbekiston uchta, Qozog'iston ikkita fol qayd etgan.

Qozog'iston bosh murabbiyi taym aut oldi.

32. Hisob tenglashdi. Golni Konstantin CHebotaryov urdi - 1:1.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

18. Aleksey Lopatyuk ogohlantirildi.

18. Endi Bahodir Ahmedov taym aut oldi.

16. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ajoyib, barcha terma jamoa vakillari buni etirof etishmoqda.

16. Kakau taym aut oldi, umid qilamizki bu narsa raqiblarimizga foyda bermaydi.

15. Leo oldinga qochib ketgan Raxmatovni ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.

12. Umarovdan super seyv, Dovganning yaqin masofadan tepgan to'pini Rustam qaytarib qoldi.

12. Igitadan yana bir kuchli zarba va yana noaniq.

9. Irsaliev bitta raqibni aldadi va zarba berdi, Igita yana o'z joyida.

8. Qozog'iston katta kuch bilan oldinga o'tmoqda.

8. Bunday tempni oldindan taxmin qilish mumkin edi, chunki bu derbi...

7. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL, Davron CHorievvvv, 1:0!!!!!! Artur Yunusovdan super reyd va zarba. Igita to'pni qaytardi, qaytgan to'pni esa Davron darvozaga joylab qo'ydi.

6. Suleymenovning zarbasini vakillarimiz maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

5. Dilshod Raxmatov raqibdan qochib ketib, qanot bo'ylab o'zini darvozabon bilan birga bir vaziyat olib chiqqan edi, lekin Igita o'zini ko'rsatdi va xavfni bartaraf etdi.

4. Igitadan kuchli zarba va biroz noaniq, raqib darvozabonining kuchli zarbasi bor.

3. Irsaliev jarohat olib yotibdi parketda.

3. Irsalievning zarbasi va sal qoldiya gol bo'lishiga...

2. O'yin boshidanoq temp yuqori.

Uchrashuv boshlandi, OLG'A O'ZBEKISTON!!!!!!



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика